To‘ylarning tasvirga tushurilishi haqida
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu. Ustoz sizga bu safar bermoqchi bulgan savol mani anchadan buyon qiynab yuradi. Biz O‘zbeklarda Alhamdulillah to‘ylar tobora ko‘payib bormoqda. Lekin to‘ylar ko‘paygan sari qo‘shimcha harajatu, illatlar paydo bo‘lmoqda. Shulardan biri to‘yxdan oldin kelin bilan kuyov bolani syomka qilib to‘yxonada reklama qilish juda keng ko‘lamda tus olmoqda. reklama qilishga haqqi bordur lekin o‘z mahramiga olayotgan ayolini hamma avratini to‘yxonaga kelgan jamiiyki yoshu qariga ko‘rsatishi bu to‘gri emas-ku?! man kishilar bilan janjallashmaslik maqsadida bunday tuylarga bormiman. Endi ishim dizayn va montaj bo‘lganligi uchun oldimga ko‘plab uylanmoqchi bo‘lib yurgan yigitlar kelishadi man ularga bu borada yordam bera olmasligimni aytsam mandan hafa bo‘lishmoqda. So‘ng ularga yotig‘i bilan tushuntirsam ham ular "Ahir maniyam orzu-havasim bor!" deb chiqib ketishadi. Ustoz man to‘y montaj qilsam ham faqat navkar va nahor oshini qilaman. Shu o‘rinda boshqa studiyalarda ishlaydigan birodarlarimga "silar shu ishni qilmasalaring, mijozlar shu ishni qilishmidi" desam "biz qilmasak boshqasiga boradi va mijozni qo‘ldan qochiramiz" degan javoblar bo‘lmoqda.Savol:1 - Ularning (mijozning) ishini (nikoh bazmi va kelinning to‘y oldi harkati jarayonini) qilib bermaganim to‘g‘rimi?2 - To‘ylarga chiqadigan to‘ychivoylarga birovning mahramini syomka qilishiga shariatda qanday hukmlar bor?3 - Tirikchilik uchun qilingan taqdirda uning hukmi qanday bo‘ladi? Umuman halolmi yoki harom?Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bitta savol bering.
27 Май 2022, 03:12 | Савол-жавоблар | 156 | Islam
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bitta savol bering.
27 Май 2022, 03:12 | Савол-жавоблар | 156 | Islam