Qaynonaga muomala

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, mening onamlar ham, qaynonamlar ham hayotlar, Allohga hamd bo‘lsin. Ikkalasini ham teng yaxshi ko‘raman. Lekin ba’zida ko‘nglim g‘ash bo‘ladi. Chunki men onamlarga ko‘proq e’tibor beraman, oilamizada o‘g‘il farzand bo‘lmaganligi uchun (dori-darmon, bozor, kundalik yumushlar va hokazo). Qaynonamlarga esa faqat bayramlarda va uylariga borganimdagina narsalar olib beraman. Qaynonamlar ham menga hojatlarini ko‘pam aytmaydilar (aytsalar darxol bajaraman). Savolim shundan iboratki men nima qilsam ham teng qilishim kerakmi? Shu qilganlarimga gunohkor bo‘ldimmi? Katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Baxtiyor oila” va “Yaxshilik va silai rahm” kitoblarini olib o‘qing. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:41 | Савол-жавоблар | 143 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar