Shubxali
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, uyimizga shubxali patir nonlar(cho‘chqa yungidan tayyorlangan shyotka ishlatilganmi) kelib qolsa uni molga beraylikmi yoki tashlab yuboraylikmi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Unday shyotka ishlatilgani aniq bo‘lmasa iste’mol qilishingiz mumkin. Shariatimizda ikki narsa asosiy qoida qilib olingan. Birinchisi: Asli harom bo‘lgan narsaning shar’iy yo‘l bilan halol qilingani sobit bo‘lmagunicha u haromligicha qoladi. Masalan, go‘shti eyiladigan hayvonlar shariatga muvofiq so‘yilmasa, ularning qoni chiqib ketmagani va Allohning ismlaridan birortasi zikr qilinmagani uchun go‘shti haromligicha qoladi. Tasmiya aytib so‘yilgani aniq bo‘lgachgina halol deb hukm qilinadi. Ikkinchisi: Asli halol bo‘lgan narsalarning biror yo‘l bilan harom qilingani sobit bo‘lmasa, ular halolligicha qoladi. Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 15:32 | Савол-жавоблар | 143 | Halol va harom