Musofir namozi haqida

Assalomu alaykum! Ustozlar, uyim Jizzax shaxrida. Ishim esa Navoiy viloyatida. Bir oyda turli muddat davomida ishda, ya’ni, Navoiy viloyatida bo‘laman. Bazida 7-10 kun bazida 20-25 kun. Uydan chiqar chog‘imda aniq muddatni niyat qilib chiqolmayman. Bazida 20-25 kunni niyat qilib chiqib 10 kunga etmasdan qaytishga to‘g‘ri kelyapti. Bazida esa 10 kunni niyat qilib chiqyapman, ammo 20-25 kun qolib ketyapman. Shunday vaziyatda namozlarimni qasr qilib o‘qishim kerakmi yoki to‘liq?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz 15 kundan ko‘pini niyat qilib safar qilib namozlaringizni to‘liq o‘qing. Ba’zida ertaroq qaytishga to‘g‘ri kelib qolsa qaytaverasiz. Yo‘lda qasr qilib o‘qiysiz. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 15:32 | Савол-жавоблар | 151 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar