E’tikof haqida
Assalomu alaykum! Ayollar ham e’tikof o‘tiradimi? Tartibi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! E’tikof sunnati muakkadadir. U ro‘zadorning e’tikof niyati ila jamoat masjidida qolishidir. Uning ozi bir kundir. Kim e’tikofni buzsa, qazosini bajaradi. E’tikof o‘tirgan odam masjiddan inson hojatlaridan boshqa narsa uchun chiqmaydi. Jumaga zavoldan keyin boradi. Kimning manzili uzoq bo‘lsa, sunnatlarni o‘qib, jumaga bemalol erishadigan vaqtni chamalab boradi. Jome’ masjidda mazkur muddatdan ko‘proq turib qolsa ham e’tikofi buzilmaydi. Agar uzrsiz ma’lum vaqtga chiqsa, e’tikofi buziladi. U e’tikof o‘tirgan masjidida eb-ichishi, uxlashi, savdo molini masjidga keltirmasdan oldi-sotdi qilishi mumkin. Boshqa kishi bu ishlarni masjidda qilishi mumkin emas. U jim o‘tirmaydi. Faqatgina xayrli narsalarni gapiradi. Kechasi yoki unutib bo‘lsa ham jinsiy aloqa qilish e’tikofni buzadi. Shuningdek, farjdan boshqa erga jinsiy aloqa qilish, o‘pish, ushlash sababli maniy nozil qilsa ham e’tikof buziladi. Ammo nozil qilmasa, mazkur ishlar o‘zi harom bo‘lsa ham, e’tikof buzilmaydi. Ayol kishi uyida e’tikof o‘tiradi. Agar bir necha kun e’tikof o‘tirishni nazr qilgan bo‘lsa, o‘sha kunlarning kechalarini ham o‘tirish lozim bo‘ladi. Bunda shart qilmagan bo‘lsa ham, ketma-ket o‘tiriladi. Ikki kunni nazr qilgan bo‘lsa, ikki kunduz va ikki kecha o‘tiradi. Ayol kishi uyida e’tikof o‘tiradi. Ya’ni uyidagi namoz o‘qiydigan joyida. Chunki ayol kishi uchun eng qulay joy o‘shadir.("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 14:43 | Савол-жавоблар | 158 | Ibodatlar