Paypoqqa mash tortish haqida
A.Alaykum sheyx xazratlari. Paypoka masx tortish xakidagi xadislarga asoslansak boladimi, va bu masalaga jumxur ulomolari kanday karaydi. Tashakur
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Shavkoniy “Nayl”da aytadi: “Maxsi teridan bo‘lgan poyafzal bo‘lib, ikki oyoqni qoplab turadi. Choriq undan katta bo‘ladi. Javrab esa, choriqdan ham katta bo‘ladi”.Javrab piymaga o‘xshagan narsa bo‘lsa kerak deganlar ushbu rivoyatga va unga o‘xshagan boshqa rivoyatlarga asoslanib aytgan bo‘lishlari kerak. Shayx Abdulhaq Dehlaviy “Lam’ot”da aytadi: “Javrab maxsining ustidan sovuq uchun, ostki maxsini kirdan va yuvadigan narsadan saqlash uchun kiyiladigan maxsidir”.Bu rivoyat ham avvalgisiga o‘xshab javrab katta narsa ekanini ta’kidlamoqda.Va Ayniy aytadi: “Javrab qattiq sovuqli shom yurtlari aholisi kiyadigan narsa bo‘lib, titilgan jundan qilingan bo‘ladi. Oyoqqa, to‘piqdan yuqorisigacha kiyiladi”.Iyzohning hojati bo‘lmasa kerak. Xayron kolasan kishi, agar mash tortish mumkin bulgan paypok piyma va etikka uxshagan darajada kalin va kupol narsa bulishi kerak bulsa, u xolda nega xozirgi kunda nixoyatda yupka bulgan paypok maxsilarga mash tortib yuribmiz? Axir ular xam kadimdagi xuff ya’ni maxsi degan narsa bilan bir xil emas-ku?! Balki, bu maxsilar uncha-muncha paypoklardan xam yupkarok-ku?!Bunga tafakkur qilmaganlar va farosatini ishga sola olmaydiganlar yoki solmaganlargina hayron bo‘lishi mumkin. Chunki maxsi charmdan bo‘ladi, paypoq esa, jun yoki shunga o‘xshash charm bo‘lmagan narsadan bo‘ladi. Shuning uchun maxsiga mash tortiladi va maxsi darajasiga etmagan, shartlarni o‘zida mujassam qilmagan javrabga mash tortilmaydi. Mani fikrimcha kalin va dagal bulgan paypoklarga - taxoratli oyoklarga kiyilgan bulsa - mash tortish joiz. Ayniksa, kishli kirovli sovuk kunlarda, paypokni echib, oyokni yuvish ochik oydin xaraj tugdiradi, bu xolatda ulamolar kalin paypokka mash tortishni joiz deydilar.Buni siz aytayotganingiz yo‘q, janob “mujtahid”. Uni fiqhiy mazhablarning haqiyqiy ulamolari avvaldan aytib qo‘yganlar. Hozirgina fuqaholarning javrab qalin bo‘lishi kerak degan gaplarini tanqid qilib "paypoqning qalin-yupqaligi haqida fuqaholar qo‘ygan shartlarning birontasi sunnatdan biron asosga tayanmaydi, balki bu fuqaholarning o‘z fikrlari" degan gapni ro‘kach qilayotgan edingiz. Endi nima uchun shu shartni o‘zingiz qo‘ymoqdasiz?! “Xozirgi zamonaviy ulamolardan salafiylikda ayblanmaganlarining xam ayrimlari paypokka mash tortishni joizligiga fatvo berganlar. Albatta ular bu bilan usha kadimda kolib ketgan paypoklarni emas, balki xozirgi kundagi paypoklarni nazarda tutganlar. Ba’zilari paypokni piymaga uxshagan darajada bulmasa xam kalinrok bulishini shart kilsalar, ba’zilari umuman shart kilmaganlar. Mani fikrimcha bunday ixtilofli va ijtixodiy masalalarda bir tomonlama kat’iy kilib, yulni kesib, toraytirib kuymaslik kerak”. Demak, bu “mujtahid”ning fikricha, hozirda tarqalgan yupqa paypoqlarga mash totrsa bo‘ladi, deydiganlar asosan salafiylar ekan. Ammo o‘sha gapni aytadiganlar ichida ayrim salafiy emaslar ham bor ekan. Yana o‘sha janobning ijtihodiga qaraganda bu masala ixtilofli ekan va ulamolar ixtilof qilgan masalada bir tomonlama qat’iy qilib, yo‘lni kesib qo‘ymaslik kerak ekan. Ammo ixtilof qanday ekani haqida gap yo‘q. Ha, ulamolar ixtilof qilgan masalada ikki tarafni ham olsa bo‘laveradi. Ammo o‘sha ixtilof kimdan sodir bo‘lganiga qaraladi. Agar ixtilof mujtahid va so‘zi qabul bo‘ladigan ulamolardan sodir bo‘lsagina, bu qoida ishga tushadi. Qadimda bu masala bo‘yicha zohiriylardan Ibn Hazmga o‘xshashlar jumhurga xilof qilgan va ularning xilofi hech kim tarafidan e’tiborga olinmagan hamda yuqorida muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy aytganlaridek, shartga to‘g‘ri kelmaydigan javrabga mash tortib bo‘lmaydi, degan ijmo’ sobit bo‘lgan.Hozirda ham xuddi shunday. Asosan, oz sonli kishilardan boshqa, Ibn Hazmning izdoshlari bo‘lgan, mo‘’tabar fiqhiy mazhablarni inkor qiluvchi, zamonamizning zohiriylari bu masalada xilof qilishmoqda va ularning xilofining ham e’tibori yo‘q bo‘lib kelmoqda. O‘tgan sahiyfalarda Imom Zahabiy va boshqa e’tiborli ulamolarning zohiriylarga ulamolarning munosabati va ularning gapining e’tibori yo‘qligi haqidagi gaplarini keltirdik.Kelasi jumlalarda “mujtahid” janoblari o‘zlariga kelib, o‘z fikrdoshlarini rivoyatning zohirini olib qo‘yishda ayblashga o‘tadi.Lekin, yoz kunida xam yupka paypokka xam bemalol oyokni yuvmasdan mash tortib yuravermaslik xam kerak. Yoz kunida xam yupka paypokka bemalol mash tortishga javoz beradiganlarning suzlariga kushilolmaymiz. Chamamda, ular kelgan rivoyatlarning shundoq zoxirini olib qo‘yyaptilar xolos. Maxsi yoki javrobga mash tortish aslida echib-kiyish xaraj bulgani uchun, sovukdan saklanish uchun ruxsat sifatida berilgan imkoniyat ekan, bu narsani suiste’mol qilib yubormaslik lozim. Shuning uchun issiq kunlarda, imkoniyat bula turib, yupka paypokka mash tortib yurganlarni azgina muloxaza kilishga, va ibodatlari xaqida g‘am chekib, extiyotkorroq bulishga, Alloxdan qo‘ro‘ishga chakiramiz. Avvalgi gaplar qayoqda q#1179;a mash tortishing mumkin emas, deya olmaymiz”.Avvalda Muhammad Jamoliddiyn Qosimiyning ham shunga o‘xshash tashvishi borligini aytib o‘tilgan edi. Demak, avvallari islom ummatining barcha mujtahidlari, fiqhiy mazhablarning imomlari va davomchilariga qarshi chiqib ularni bilimsizlikda qoralashga jur’at qilishgacha borib etishning asosiy sababi ham shu ekan. Odamlardan qiyinchilikni ko‘tarish uchun albatta, shu kabi gap va ishni qilish shartmidi degan savolni keyinga surib turaylikda, “mujtahid”imizning “ijtihod”ini o‘rganishga qaytaylik. U kishi gapning davomida quyidagilarni aytadi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam paypoqqa mash tortganlari haqida termiziyda rivoyatlar kelgan. Bu rivoyatni ba’zilar zaifga hukm kilishsa, ba’zilar hasan va sahihga chikarishgan. Termiziyda rivoyatlar kelgan degani bilan ish bitadimi? Ba’zilar u degan, ba’zilar bu degan deb aytish bilan ish bitadimi? Albatta, bitmaydi. Quyida mazkur hadis ulamolari haqlarida ixtilof qilishgan rivoyatlardan ba’zisini keltiramiz.Mug‘iyra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tahorat qildilar va ikki javroblariga hamda kovushlariga mash tortdilar». «Sunan» egalari rivoyat qilishgan.Abu Muso Ash’ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ikki javrobga va kovushga mash tortganlarlarini ko‘rdim». Ibn Moja rivoyat qilgan.Abu Dovud aytadi: «Ikki javrobga Ali, Ibn Mas’ud, al-Baro, Anas, Abu Umoma, Sahl ibn Sa’dlar mash tortganlar», degan.Termiziy: «Javrobga mash tortish joizligini Sufyon as-Savriy, Ibn Muborak, Shofe’iy, Ahmad va Ishoqlar aytdilar, ular: «Agar javrob qalin bo‘lsa, kavushi bo‘lmasa ham unga mash tortilaveradi», deganlar», deydi.Hamma bu va bunga o‘xshash javrabga mash tortish haqidagi rivoyatlarni avvaldan bilib kelgan. Ularga amal ham qilib kelgan. Bu haqda hech kim qadimda ixtilof qilmagan. Javrabga mash tortish haqidagi rivoyatlar borasidagi ixtilof ularning har birining kuchini baholashda bo‘lgan. Ammo barcha ulamolar bu rivoyatlarda zikr etilgan javrab nomli oyoq kiyimi qalin va u bilan yurishga yaroqli bo‘lishi kerakligini shart qilishgan. Bu ma’noni hamma mazhablarning fiqh kitoblarida ochiq-oydin aytib qo‘yilgan. Chunki, javrab turlicha bo‘lgan. Avvalo u fors yurtlaridagi kishilarning oyoq kiyimi bo‘lgan. Arab tiliga uning nomi ham forschadan kirib qolgani shunga dalolat qiladi. Fors yurtlari arabistonga nisbatan sovuqroq ekani ma’lum. Shuning uchun, javrabni arablar forslardan olgan bo‘lishi turgan gap. Albatta, o‘sha paytlarda javrablar hozirgi paypoqlarga o‘xshash fabrikalarda hammasi bir xil qalinlik va bir xil shaklda bo‘lmagan. Turli odamlar tarafidan turli qalinlik va shakllarda yasalgan. Shuning uchun ham, ulamolar ulardan qay biriga mash tortsa bo‘ladi va qay biriga tortib bo‘lmaydi degan masalani o‘rtagan qo‘yganlar va maxsining o‘rnini bosadigan javrabga mash tortsa bo‘ladi, undan boshqasiga tartib bo‘lmaydi degan hukmlarni bir ovozdan aytib, kitoblariga yozib qo‘ygan. “Kadimda xam hozirda xam ayrim ulamolar paypokka mash tortishga ruxsat berishgan. Ibn Taymiya, Ibn Koyyimlar va mazxab soxiblari bulgan ulamolar bunga ruxsat berishgan”. Qadimda ham, hozirda ham ayrim ulamolar emas, barcha ulamolar javrabga mash tortishga ruxsat berishgan. Ammo o‘zini biladiganlari hozirgi zamondagi kapron va shunga o‘xshash paypoqlarga mash tortishga ruxsat bermaganlar. “Abu Xanifa raxmatulloxi alayxining uzlari paypokka mash tortganlari xanafiy mazxab kitoblarida keladi. Aval u kishi bundan katarib, keyin ruxsat berganlari aytiladi”. Hanafiy mazhabining furu’ul fiqh kitoblarining ko‘pida aynan quyidagi iboralar keladi.“Abu Haniyfaning nazdida ikki javrabga mash tortish joiz emas. Faqatgina ular teri bilan qoplangan yoki kovushga biriktirilgan bo‘lsagina joiz. Chunki, odatda ular bilan yurish mumkin emas. Bas, paytavaga o‘xshab qoladi. Ammo ular teri bilan qoplangan yoki kovushga biriktirilgan bo‘lsa, haligining (yurishning) imkoni bo‘ladi. Bas, o‘shanda ikkisiga mash tortsa joiz bo‘ladi”.Xuddi shu iboralar yoki unga yaqin iboralar barcha mazhablarning barcha kitoblarida mavjud.Iyzohning hojati bo‘lmasa kerak.“Agar avval ruxsat bermaganlari xakida tafakkur kilib kurilsa xam javrob u kadar kalin va kattik narsa bulmagani oydinlashadi”. Qiziq gap, avvalda javrabga mash tortishga kim ruxsat bermagan. Hamma mazhablarning ulamolari talabga javob beradigan javrabga mash tortish joizligi haqida o‘z kitoblariga yozib qo‘yganlar. Muhtaram “mujtahid”imiz tomonidan yupqa, maxisiga o‘xshash sifatga ega bo‘lmagan javrablarga ruxsat berilmagan deyilsa to‘g‘ri bo‘larmidi. Lekin bu zot ummatning e’zoziga sazovor bo‘lgan buyuk mujtahidlarimizga va ularning izdoshlariga ulkan tuhmat qilishga qasd qilmoqda. U hadislarda zikr qilingan javrab aslida yupqa bo‘lgan ammo avvalgilar bunga qaramasdan o‘sha yupqa, u qadar qalin va qattiq bo‘lmagan javrabga mash tortishga ruxsat bermaganlar demoqda. Mazkur javrab deb atalgan oyoq kiyimlari bor vaqtda yoki unga yaqin davrda yashagan, o‘sha javrablarni kiyib ko‘rgan yoki qo‘rganlarni ko‘rgan olimlarni johillikda ayblamoqda. Hozirgi boshqa xalqlar chiqargan paypoq deb atalmish yupqa, ostidan oyoqning rangi ham ko‘rinib turadigan narsalar o‘sha vaqtda ham bo‘lgan demoqchi bo‘lmoqda. U o‘zining bu quruq da’vosini davom ettirib yana quyidagilarni aytadi. “Yuksa, agar javrob ya’ni paypok usha vaktda xam urfda piymadek kattik va kalin narsa bulganda edi, unga mash tortish joizligi aslo baxs va ixtilofga sabab bulmasdi. Joizmi yoki joizmasmi degan gap xam bulmasdi. Javrabni tinmay paypoq deyish ham odamlarning bugungi kunda paypoq deb atalayotgan, ulamolar jumhuri unga mash tortib bo‘lmasligini qattiq ta’kidlagan narsaga mash tortdirish ishtiyoqi qanchalar zo‘rligini ko‘rsatadi. Javrabga mash tortish to‘g‘risida haqiqiy olimlar orasida ixtilof bo‘lmagan, joizmi, joizmasmi deb birov aytmagan. Ularning barchasi javrab talabga javob beradigan bo‘lsa, unga mash tortish joizligini aytganlar.Ixtilofni siz zohiriylar chiqarmoqdasizlar. Barcha islom ummati e’tirof qilgan fiqhiy mazhablarning boshliqlari va mujtahidlarining ittifoq qilgan masalasiga xilof qilmoqdasizlar.Axir kanday kilib maxsiga mash kilish joizku, kalinlikda va kupollikda undan-da kuchli bulgan narsaga mash tortish joiz bulmaydi?! Shular xakida azgina tafakkur kilsangiz, kadimda xam paypok xozirgi paypoklarga yakinrok narsa bulgani anglashiladi”.Hech kim qalinlikda va qo‘polikda maxsidan kuchli bo‘lgan oyq kiyimiga mash tortib bo‘lmaydi degan emas va demaydi ham. Shular haqida ozgina aqli bor odam, ozgina tafakkur qilsa, hozirgi paypoqlar musulmon ummatining mazhabboshilari va asl mujtahidlari mash tortishga ruxsat berishgan javrablar boshqa narsa, hozirgi paypoq deb atalayotgan narsa boshqa narsa ekani ayon bo‘ladi.“Xozirgi ulamolardan Alboniy, Ibn Boz, Ibn Usaymiynlardan tashkari, Sayyid Sobik, Yusuf Karazoviylar va boshkalar xam paypokka mash tortishni joiz deganlar”. Avvalo muhtaram “mujtahid”imizning bu ro‘yxatidagi ismlar egalarini bugungi kun ulamolari va oddiy musulmonlari haqiyqiy olim sifatida tan oladimi yoki boshqacha fikrdalarmi bir o‘ylab ko‘rish kerak. Bizning birovga til tekizish niyatimiz yo‘qligi uchun bu borada boshqa gap aytishni o‘zimizga ep ko‘rmadik. Ammo shunda ham aqlni ishga solib o‘ylab ko‘rilsa, musulmon ummatining bizning “mujtahid”imiz tilga olganlardan boshqa yuz minglab ulamolari bugungi paypoq deb atalayotgan oyoq kiyimiga mash tortishga ruxsat bermaganlari aniq narsa-ku! Bunga nima deb javob beradi “mujtahid” janoblari?! Biror gapni, agar u oddiy gap bo‘lsa ham, aytishdan oldin o‘ylash kerak. Ammo o‘sha gap diynga, ibodatga, savob yoki gunohga, oxiratga, jannat va do‘zaxga tegishli bo‘lsa, ming marta, milyon marta o‘ylash kerak. Har kim o‘zining kimligini anglashi kerak. Gapining oxiri qaerga borishini tushunishi lozim.Shuning uchun ham, fiqhiy mazhablarning asoschilari va ularning izdoshlari, xususan, hanafiy mazhabi ulamolari ehtiyot tarafini ustun qo‘yganlar. Misol uchun, ushbu bahsga sabab bo‘lgan, javrabga mash tortish haqidagi gapni olib ko‘raylik. Musulmon ulamolari jumhuri Alloh taolo Qur’oni Karimda tahorat paytida oyoqni yuvishni farz qilgan. Bu farz hukm bo‘yicha Rasullulloh sollallohu alayhi vasallamdan qilingan bir nechta rivoyat asosida hech qanday cheklash yoki istisno qilib bo‘lmaydi. Buning uchun «mash ’alal xuffayn» - ikki maxsiga mash tortish masalasidagi kabi sahih hadislarning uzluksiz silsilasi mavjud bo‘lishi kerak. Bu masala esa tavotur darajasiga etgandir. Shuning uchun maxsining sifatini o‘zida mujassam qilgan javrabga masx tortish joiz, u sifatni o‘zida mujassam qilmagan javrabga mash tortish mumkin emas dedilar. Bu hukmni islom ummati go‘zal ravishda qabul aylab unga ming yilda ortiq davrda amal qilib kelmoqda. Ibn Hazmga o‘xshash ba’zi zohiriylarning xilofiga hech kim e’tibor bermadi.Hozirga kelib, ba’zi zohiriylar "paypoqning qalin-yupqaligi haqida fuqaholar quygan shartlarning birontasi sunnatdan biron asosga tayanmaydi, balki bu fuqaholarning o‘z fikrlari" degan mazmundagi so‘zlarni aytib bugungi kundagi paypoqlarga mash tortsa bo‘ladi, deyishmoqda.Bunday holatda mo‘’tabar fiqhiy mazhablar, xususan, hanafiy mazhabi bo‘yicha ehtiyotkorlik qoidasi ishga tushadi. Bir taraf maxsi darajasida bo‘lmagan javrabga mash tortib bo‘lmaydi demoqda. Boshqa taraf esa, nomi paypoq bo‘lsa, mash tortilaveradi, demoqda. Har kim o‘zining gapi to‘g‘ri ekanini da’vo qilmoqda.Ammo mutlaq haqiyqatni Yolg‘iz Allohning O‘zi biladi va qiyomat kuni o‘sha ilmi va adolat asosida hukm chiqaradi. Biz bahs qilayotgan masalada qiyomat kunigi hukm ikki xil bo‘ladi.Birinchi hukm, nomi paypoq bo‘lsa, unga mash tortish joiz degan gap to‘g‘ri degan hukm. Bu hukmga binoan nomi paypoq bo‘lsa, unga mash tortish joiz degan gapni aytib, unga amal qilganlar ham, uni noto‘g‘ri deb maxsi darajasida bo‘lmagan javrabga mash tormay, toharat qilganda oyog‘ini yuvib yurganlar ham najot topadilar. Chunki, ularning eng asosiy ibodatlardan biri bo‘lgan namozlariga futur etmagan.Ikkinchi hukm, maxsi darajasida bo‘lmagan javrabga mash tortib bo‘lmaydi degan gap to‘g‘ri degan hukm.Bu hukmga binoan maxsi darajasida bo‘lmagan javrabga mash tormay, toharat qilganda oyog‘ini yuvib yurganlar ham najot topadilar. Ammo nomi paypoq bo‘lsa, unga mash tortish joiz degan gapni aytib, unga amal qilganlar xijolatda qoladilar. Chunki, ularning eng asosiy ibodatlardan biri bo‘lgan namozlariga futur etgan bo‘ladi. Bir vaqt namozning nuqson tufayli qabul bo‘lmay qolishi oxiratda qanchalar dahshat ekanini har bir musulmon yaxshi biladi.Demak, qiyomat kunidagi oqibatni o‘ylab ish qilishimiz kerak. Engil elpi gap bilan turli fatvolarni chiqarish bilan ish bitmaydi, albatta.
28 Апрел 2022, 15:43 | Савол-жавоблар | 277 | Tahorat