Osiylik haqida
Assalomu alaykum! Osiylik nima? Javob uchun minnatdorman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Hujurot” surasi 7- oyatida marhamat qiladi : وَاعْلَمُوا أَنَّ فِيكُمْ رَسُولَ اللَّهِ لَوْ يُطِيعُكُمْ فِي كَثِيرٍ مِّنَ الْأَمْرِ لَعَنِتُّمْ وَلَكِنَّ اللَّهَ حَبَّبَ إِلَيْكُمُ الْإِيمَانَ وَزَيَّنَهُ فِي قُلُوبِكُمْ وَكَرَّهَ إِلَيْكُمُ الْكُفْرَ وَالْفُسُوقَ وَالْعِصْيَانَ أُوْلَئِكَ هُمُ الرَّاشِدُونَ Va bilinglarki, albatta, ichlaringizda Allohning Rasuli bordir. Agar u ko‘p ishlarda sizga itoat qilsa, albatta, qiyinchilikka duchor bo‘lardingiz. Lekin Alloh sizlarga iymonni sevimli qildi va uni qalblaringizda ziynatladi va sizlarga kufrni, fisqni va isyonni yomon ko‘rsatdi. Ana o‘shalar to‘g‘ri yo‘lda yuruvchilardir. Musulmon ummatining, sahobai kiromlarning katta baxti shundan iboratki, bu ummatning ishlariga Allohning O‘zi aralashib, xatolarini to‘g‘rilab, adashganda yo‘lga solib, yodidan ko‘tarilganda eslatib turadi. Surai karimaning avvalidan buyon Alloh va Nabiy alayhissalomdan oldin biror narsani boshlab yubormaslik, rahbariyatga bo‘ysunish, doimo ularning hukmlarini kutib turish ta’kidlab kelinayotgan edi. Valid ibn Uqba hodisasiga kelganda, mazkur tavsiyalar yoddan ko‘tarilib, ba’zi kishilar yana shoshqaloqlik qildilar, ichlarida Allohning Nabiysi yashayotganliklarini unutib qo‘ydilar. Shunda Alloh taolo darrov bu xatoni to‘g‘rilash uchun O‘zi aralashib: «Va bilinglarki, albatta, ichlaringizda Allohning Rasuli bordir», – dedi. «O‘zingizcha tasarruf qilavermanglar, ichlaringizda yurgan Payg‘ambar Allohning oyati yoki o‘zining sunnati ila yo‘l boshlagani afzaldir», – dedi. Keyin esa agar Nabiy alayhissalom ularning gaplariga kirib, aytganlarini qilaversalar, turli qiyinchiliklarga duchor bo‘lishlari eslatilmoqda. «Agar u ko‘p ishlarda sizga itoat qilsa, albatta, qiyinchilikka duchor bo‘lardingiz». Ammo shariat ko‘rsatganidek, sho‘ro-maslahat sifatida Nabiy alayhissalom sahobalarning fikr-mulohazalarini bilishlari bunga kirmaydi. Har kim o‘zicha taklif kiritaverishi esa yaxshilikka olib kelmaydi. Bu haqiqatni oyati karima: «Agar u ko‘p ishlarda sizga itoat qilsa, albatta, qiyinchilikka duchor bo‘lardingiz», – deb bayon qilmoqda. Oyatning davomida Alloh taolo musulmonlarga O‘zining yana boshqa ulkan ne’mati – iymon ne’matini berganligini ham eslatadi: «Lekin Alloh sizlarga iymonni sevimli qildi va uni qalblaringizda ziynatladi...» Darhaqiqat, iymon Alloh bandalariga bergan ne’matlari ichida eng ulug‘idir. Chunki iymon bo‘lmasa, boshqa hamma ne’matlarning sariq chaqalik ham qiymati qolmaydi. Shu bilan birga, Alloh taolo oyatda: «...va sizlarga kufrni, fisqni va isyonni yomon ko‘rsatdi», – demoqda. Bu ham Allohning fazli. Bu jumladagi uch narsa: Kufr – iymonni to‘sish; Fisq – Alloh ko‘rsatgan chegaradan chetga chiqish; Isyon – Allohning amrlariga qarshi chiqish iymonga qarshi qo‘yilmoqda. Shuning uchun ham ulamolarimiz uch narsaga e’tibor berganlar: «Iymon – til bilan nutq qilish, dil bilan tasdiqlash va jism bilan amal qilish», – deyishgan. Alloh taolo ba’zi bandalariga iymonni sevimli ko‘rsatib, ularning qalblarida uni ziynatladi, kufr, fisq va isyonni yomon ko‘rsatib, shunday ulug‘ ne’matga sazovor ayladi va yana buning ustiga, shunday ilohiy marhamatga sazovor bo‘lgan kishilar to‘g‘ri yo‘lda ekanini ta’kidladi: «Ana o‘shalar to‘g‘ri yo‘lda yuruvchilardir».("Tafsiri Hilol" kitobidan). Isyon – amallarga tegishli, fisq yolg‘on gapirish kabi so‘zlarga tegishlidir. Ma’no jihatidan esa, osiylik Allohning toatidan chiqishdir. Shariatda isyon fisq darajasidan pastroqda turadi. Ba’zan esa kufrning muqobiliga ham ishlatiladi. Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 14:52 | Савол-жавоблар | 155 | Dolzarb savollar