Tahorat tang holatdagi namoz

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men bu saytdan yaqindan foydalana boshladim. Savolim takroriy bo‘lsa uzr so‘rayman. Meni ovqat hazm qilish sistemamdagi muommo tufayli juda ko‘p el keladi. Tegishli shifokorlarga ko‘rinib muolaja oldim, ammo biroz vaqtdan so‘ng bu hol yana takrorlanayapti. Ba’zan tahorat olib bo‘lishim bilan yoki endigina namozni boshlaganimda shunday bo‘ladi. Shu tang tahorat bilan namoz yoki Qur’on o‘qisam bo‘ladimi? Savol berishda andishasizlik qilgan bo‘lsam uzr so‘rayman. Alloh din yo‘lida qilayotgan xayrli ishlaringizni ajrini O‘zi ko‘paytirib bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘ladi. “Joiz emas” degan gap mo‘tadil holatga degishlidir. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:53 | Савол-жавоблар | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar