Ro‘zadorning og‘ziga tutun kirishi

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar biz bir necha yurtdolarimiz bilan ramazon oyidagi farzimizni ado qilishni niyat qilib insha Alloh ro‘za tutganmiz. Yaqinda ro‘zani buzadigan amallar qatorida “o‘z amali bilan ichiga tutun kiritsa” degan mazmundagi so‘zlarni uchratdik. Kasb taqazosi bilan bizlar payvandlash tsexida ishlaymiz. Bu erda albatta o‘z amalimiz bilan tutun kirishi tayin. Bunday holda tutmoqchi bo‘lgan ro‘zamizga putur etib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ro‘zangizga futur etmaydi. Sizlarni payvandlash ishlaringiz va undan chiqadigan tutun, xuddi ayollarning o‘choqqa olov yoqib ovqat pishirayotganlaridagi tutunga o‘xshaydi. “O‘z amali bilan ichiga tutun kiritsa”dan ko‘zlangan maqsad, sigaret chekish, isiriq hidlash va og‘iz-burnini par-tutunga tutishlar iroda qilingan. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 13:39 | Савол-жавоблар | 148 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar