Sadaqa qilishda oluvchining ahamiyati
Yashash joyimiz aholisining o‘ziga xosligi sababli, bizda ko‘pchilik oilalar dindor emaslar. Shu sababli muhtojlar orasidan (garchi ular etarlicha bo‘lsa ham) shariatdan xabari borlarini topish qiyin. Ammo o‘zlari musulmonlar. Moliyaviy yordamga eng muhtoj odamlarning oilasida oila boshlig‘i goh-goh aroq ichib turadigan, ayoli bid’atlarga berilgan, oilada namoz haqida tasavvuri yo‘q bo‘ladi. Biz tomonlarda deyarli har bir muhtoj oila shunday. Shularga sadaqa qilishga shariatimizda ruxsat bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Quyidagi maqoladan xulosa chiqarib olishingiz mumkin. QALBLARI ULFAT QILINADIGANLAR TOIFASI «Qalblari ulfat qilinadiganlar» deganda Islomga kirishidan yoki Islomda sobit bo‘lishidan umid qilinayotgan kishilar hamda Islomni ularning yomonligidan to‘sish, Islom yo‘lida xizmat qildirib, musulmonlarga yordam berish ko‘zlanayotgan kishilar tushuniladi. Ular bir necha qismga bo‘linadi:
Zakotdan ulush olsa, o‘zi ham, ahli-ayoli, urug‘-aymog‘i ham Islomga kirishi umid qilinadigan kishilar.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Safvon ibn Umayyaga shunday muomala qilganlar. Makka fath qilingan kuni unga omonlik e’lon qilganlar va to‘rt oy muhlat berganlar. U safarda edi. Qaytib kelib, kofir holida Hunayn urushida musulmonlar bilan birga qatnashgan. Bu urushga chiqishdan oldin Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uning silohini qarzga olgan edilar. U zot sollallohu alayhi vasallam unga bir vodiy to‘la tuyani yuklari bilan ato qilib berganlar. Imom Muslim va Imom Termiziylar qilgan rivoyatda Safvon ibn Umayya: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam men uchun eng yomon odam bo‘lib ko‘rinar edilar. Mol berdilar, mol berishda davom etaverdilar va nihoyat, men uchun eng mahbub odamga aylandilar», degan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Islom uchun nima so‘ralsa, beraverar edilar. Shu sababli Islomga kirganlar ham anchagina bo‘lgan.
Islom va musulmonlar uchun yomonlik qilishi mumkin bo‘lgan, mol-mulk berilsa, o‘sha yomonligini qaytarish imkoni bo‘lgan kishilar.
Ba’zi odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelishar, ularga zakotga tushgan moldan bersalar, «Islom juda yaxshi din-da», deb maqtab ketishar, bermasalar, yomonlab ketishar edi.
Islomga yangi kirgan-u, zakot molidan berilsa, Islomda sobit bo‘lishi umid qilinadigan odamlar. Odatda Islomga yangi kirgan odam ota-onasi, qarindosh-urug‘i, jamiyati va eski dinining ahli tomonidan turli tazyiqlarga, jumladan, iqtisodiy tazyiqlarga ham uchraydi. Shuning uchun u yordamga muhtoj bo‘lib turadi.
Obro‘-e’tiborli, boshqa millatlardagi o‘zi kabi nufuzli kishilarni taniydigan musulmonlar. Ularga qilingan yaxshi muomala tufayli ana shu boshqa millat vakillari ham iymonga kelishidan umid qilinsa, o‘sha musulmonlarga ham zakotdan berilgan.
Adiy ibn Hotim va Zaburqon ibn Barrlar juda yaxshi musulmon bo‘lganlar, qavmlari ichida obro‘-e’tiborli bo‘lganlar. Lekin shunga qaramay, hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu ularga zakotdan ulush berganlari bunga hujjat qilib keltiriladi.
O‘z qavmlarida katta obro‘ga ega bo‘lgan, ammo iymoni hali zaif kishilarning ko‘nglini ulfat qilish uchun ham ularga zakot moli berilgan. Payg‘ambarimiz alayhissalom Havozindan tushgan o‘ljalardan ana shunday kishilarga ham berganlar. Ularning ko‘pchiligi Makka ahli edi. Keyin ular haqiqatda ham yaxshi musulmon bo‘lib ketishdi.
Dushman bilan chegaradosh joylarda himoya-mudofaa ishini bajarib turgan musulmonlar.
Zakot yig‘ish ishlarida obro‘-e’tiborlari bilan yordam beradigan musulmonlar.
Hozirgi kunda qalblari ulfat qilinadiganlar uchun ajratilgan ulushdan olishga haqli kishilar bormi? Ulamolarimiz bu haqda ko‘pgina fikrlar aytishgan. Hanbaliy mazhabi: «Bu ulushga haqlilar doimo bor», deydi. Hanafiy ulamolar esa: «Bu hukm nasx bo‘lgan, hozir qalbi ulfat topganlar yo‘q», deyishadi.(“Mo‘minning najoti” kitobidan). Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 14:58 | Савол-жавоблар | 138 | Turli savollar