Xufyona zikr haqida

Assalomu alaykum!  Tilimiz bilan aytadigan xar bitta so‘zimiz biriktirilgan farishtalar tomonidan nomai amolimizga yozib borilishini bildik. Savolim shundan iboratki naqshbandiya tariqatida zikrlar xufyona qilinadi. Ya’ni qalb bilan bo‘ladi. Farishtalar qalb bilan qilinadigan zikrlarni qanday qilib biladi va yozadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ular yozishga mas’ullar. Jahriy bo‘lsa ham maxfiy bo‘lsa ham yozadilar. Qanday yozishlarini Alloh taolo biladi. Ba’zi mashoyixlar “Banda maxfiy zikr qilganda xushbo‘ylik taraladi. Shundan bilib oladilar” deb aytishadi. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 15:43 | Савол-жавоблар | 146 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar