Uy mushugini bichish

Assalamu alaykum! Biz o‘z kvartiramizda 2 oyligidan boshlab bir mushukni boqamiz va hozirgi kunda u voyaga etgan shekilli, ko‘chaga talpina boshlab, turli qiliqlar chiqara boshladi. Bu mushugimizni uy sharoitida toza-pokiza saqlab, unga zulm qilmay, barcha yaxshi sharoitlarni qilib berdik, o‘z vaqtida dorilarini berib, cho‘miltirib, issiq o‘rin berdik, qisqasi o‘z mehrimizni ayamay turibmiz. Agar uni ko‘chaga qo‘yib yuborsak (o‘zining tabiiy ehtiyojini qondirish uchun) qay sharoitga tushadi, ko‘cha sharoitida yashab keta oladimi, bilmaymiz. Savolim, shariatimizda uni bichish(kastratsiya)ga ruxsat berilganmi? Bilishimizcha, uni bichilgandan keyin u o‘zini ancha bosib olar ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ba’zi ulamolar joiz deganlar. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:01 | Савол-жавоблар | 131 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar