Volontyorlik haqida

Assalomu alaykum! Men hozirda Pragada tahsil olayapman. O‘qishdan tashqari bo‘sh vaqtlarimda volontyor(ko‘ngilli ravishda jamoat ishlarida qatnashish)lik bilan shug‘ullanib turmoqchiman. Buning doirasiga turli xil dasturlar kiradi: yangi kelgan talabalarni aeroportdan kutib olish, turli millat urf-odatlari almashinuvi va hokazo. Ba’zida “milliy taomlar” kuni kabi tadbirlar ham o‘tkaziladi. Boshqa din vakillari tayyorlagan ovqatlarda bizga mos bo‘lmagan "cho‘chqa go‘shti" yoki shu kabilardan foydalaniladi va tabiiy ravishda dasturxonlarga pivo ham qo‘yilishi mumkin. Tabiiyki men bu narsalarni tanavvul qilmayman, lekin bu narsa turli millat urf-odatlarini o‘rganish, ular bilan aloqa o‘rnatish, ingliz tilimni rivojlantirishda va kelajakda boshqa o‘qishning grant dasturlariga topshirayotganimda to‘ldirgan anketamda men uchun qo‘shimcha ball vazifalarini o‘taydi. Qanday yo‘l tutsam to‘g‘ri bo‘ladi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariat doirasidan chiqmasdan ishlarni bajarishingiz mumkin. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:08 | Савол-жавоблар | 143 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar