Qazo ro‘zasi haqida
Assalamu alaykum! Bilishimcha nafl ro‘zani juma, shanba, yakshanba kunlarining bironatasida tutib bôlmaydi. Tutish uchun bir kunmas ikki kun tutish kerak. Qazo ro‘za tutsam masalan juma kuni tutsam (shanba yoki yakshanba) boshqa kunni qo‘sha olmasam bo‘ladimi. Yoki qazo ro‘zaham huddi nafldek jumaga payshanba yoki shanbani qo‘shib tutish kerakmi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qazo ro‘zani besh kun ya’ni iydul fitr va qurbonlik kunining to‘rt kunidan tashqari hamma kunda tutish joiz. Odatda odamlar juma kuni ro‘za tutish borasida noto‘g‘ri tushunchaga borib qolganlar. Juma kuni savobi ko‘p, boshqa kunlarda ro‘za tutgandan ko‘ra bu kunda ro‘za tutish afzal – degan niyatdagina juma kunini ro‘zaga xoslab olish joiz emas. Bu niyatda bo‘lmasa ro‘zani niyat qilgan bo‘lsa, yoki qazolarini tutsa, hech qanday karohiyati yo‘q. Gap ro‘zani juma kuniga xoslab olish yoki olmaslikda xolos. Bu xuddi namozlarga bitta surani xoslab olib, boshqasini o‘qimaslikka yoki masjiddan bir joyni tayin qilib olib, boshqa joyda namoz o‘qimaslikka o‘xshaydi. Bunday qilish makruhdir. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 15:09 | Савол-жавоблар | 485 | Ro‘za