Muallif haqqi

Assalamu alaykum! Ustozlar muallifning haqqi masalasida tushunmovchilik bo‘layapti. Mendan tanish akalar yoki do‘stlarim ba’zi bir masalani so‘rab qoladi. O‘shanda men “Zikr ahlidan so‘rang” sahifasidan foydalanaman va o‘sha masalani javobini internet orqali yuboraman. Ular minnatdor bo‘lib, siz ustozlarni haqqingizga duo qilib qoladilar. Meni o‘sha ishim ham muallif haqqiga xiyonat hisoblanadimi? Agarda xiyonat bo‘lsa shu vaqtgacha qilgan ishlarimga rozi bo‘linglar. Agarda joiz bo‘ladigan bo‘lsa mendan yana masala so‘rasa, sizlarni bergan javoblaringizni ularga ham etkazsam bo‘ladimi? Yaratganing panoxida bo‘lingizlar doimo.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bermoqchi bo‘lgan javobingizni linkini bersangiz zarari yo‘q. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:09 | Савол-жавоблар | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar