Bu ish ko‘chirish emasmi?

Assalomu alaykum! Men Hazratning audio disklarini sotib olib, telefonimga eshitib yurish uchun yozib olganman. Bir do‘stim mendan savol so‘rab qoldi va uning javobi men eshitib yurgan Hazratning ma’ruzalarida bor edi. Men unga to‘liq javob olasan deb Hazratning shunday savolga bergan javoblarini telefoniga o‘tkazib berdim. Chunki o‘sha paytda u hali telefoniga yozib olmagan edi. Bu ishim nusxa ko‘chirishga kirib qolmaydimi? Qilgan ishim joizmi? 2. Disk va kitoblarning orqa muqovasiga yozib qo‘yilgan nusxa ko‘chirish barcha usullari shar’an harom deyilganda qanday holatlar nazarda tutilganini ham oydinlashtirib bersangiz bizlar uchun yaxshi bo‘lar edi. Alloh qilayotgan ishlaringizni hayrli qilsin. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘zingizga qulaylik uchun bemalol diskdan to‘liq yozib olib tinglab yurishingiz mumkin. Lekin boshqalarga ruxsatsiz tarqatish mumkin emas. Do‘stingiz savoliga javob topishida yordam uchun yozib bergan qismingizga biz rozimiz. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:11 | Савол-жавоблар | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar