Duoning qabul bo‘lishi

Assalamu alaykum! Duoning qabul bo‘lishi haqidagi ma’lumotlarni o‘qish asnosida shunday savol tug‘ildi. Ayrim joylarda ommatan duo qilishimizga to‘g‘ri keladi. Duoga qo‘l ko‘tarib turganlar orasida ibodatsiz, bo‘lganlar uchraydi. Shunday holatda duoning qabul bo‘lish ehtimoli barchaga birdek pasayadimi yoki tegishli odamlargami? Yana bir holat, ayrim odamlar duo qilishimizni so‘ashadi. Duolar qabul bo‘lish shartlariga ko‘ra duo qilinayotgan odam ham munosib bo‘lishi kerak. Ayrim holatlarda shu shart bajarilmaydigandek tuyuladi menga. Shunday holda nima qilmok kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har qanday holatda ham yaxshilikni tilab duo qilaverish kerak. So‘ralishi harom bo‘lgan narsalar so‘ralmasa bo‘ldi. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:17 | Савол-жавоблар | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar