Otamning tahorati

Assalamu alaykum! Ilmlaringizni Alloh yanada ziyoda qilsin. Ba’zida otam tahorat olayotganida yoki namoz o‘qiyotganida kamchiliklariga ko‘zim tushadi. Noto‘g‘ri qilyapsiz yoki o‘qiyapsiz deb aytishga tortinaman. Balki yoshlari bir joyga borib qolgani uchundir. Namozni sunnatini ko‘pincha o‘tirgan holda o‘qiydalar, namozdagi qiyom holatini bajarmaydilar. Farz nomozlarini to‘liq bajaradilar. Nazarimda eringanday bo‘ladilar. “Shu kamchiliklaringizni to‘g‘rilang” deb aytsam joizmi? Savolim uzun yozilgani uchun uzr sizlardan ustozlar! 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nafl namozlarini(sunnatlar ham kiradi) o‘tirib o‘qish joiz. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:18 | Савол-жавоблар | 149 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar