Bir xadis sharxi

Assalamu alaykum! Men savdo ishlari bilan shug‘ullanaman. Hozirgi paytda nasiya savdosi juda ko‘payib ketdi. “islom.uz” saytida nasiya savdoda ziyoda joizligini o‘qigan edim. Imomi A’zamning musnadlarida esa bu hadisni o‘qib qoldim. "Abu Hanifa(rohmatullohi alayh) rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Attob ibn Usaydni makkaliklarga boshliq qilib jo‘natayotganlarida unga bunday dedilar: «Makkaliklarni savdoda ikki shartdan, sotish va salafdan, sotib olgan molni qabul qilib olmasdan sotishlaridan qaytar»(agar naqd bo‘lsa yuz, bir oy nasiya bo‘lsa ikki yuz deb savdo qilish savdodagi ikki shartdir. Sotish va salaf «menga shuncha qarz bersang, molimni shunchaga sotaman», deyishdir)". Xaridorlar ko‘p holatda savdolashib bo‘lgandan so‘ng "pulim kamroq edi" yoki "yo‘q edi" deb nasiyaga yo‘l ochishadi. Shunda biz narxni ziyoda qilib dollarga chaqib qo‘yamiz. Kurs tushib ketsa ham ko‘tarilsa ham shu dollardagi narx hisob.
1) Hadisni to‘g‘ri tushunishga yordam qilsangiz.
2) Ishimizda xatolar bo‘lsa ko‘rsatsangiz to‘g‘irlab olsak. Javob uchun rahmat!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda sotuvchi bilan xaridor ikki narxdan biriga kelishib olmaslaridan oldin bir-birlaridan ajralib ketishlaridan qaytarilgan. “Naqd olsang shu, nasiyaga olsangi shuncha yoki bir xaftada bersang shuncha, bir oyda bersang shuncha” deb aniq bir shartga kelishib olmasliklari joiz emas. Shuningdek biror narsani sotishda qarz berishni shart qilishi ham joiz emas. Bu savdo ikki tomonning biriga foyda keltiruvchi shart bilan savdo qilgan hisoblanadi. Savdolashib bo‘lgandan so‘ng "pulim kamroq edi" yoki "yo‘q" deb nasiyaga olsa, ajralib ketishlaridan oldin ikki narxdan birini tayin qilsa savdo durust bo‘ladi. Dollarga chaqib qo‘yish sotilgan narsani o‘sha narxga sotish hisoblanadi.  Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:19 | Савол-жавоблар | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar