Ismoil akaga
Assalomu alaykum! Ismoil aka. Sizga alohida iltimosim. Bundan 3 oy oldin Shayx Hazratlarini tushimda ko‘rgandim. Tushimda, qabristonga kirsam shayx Hazratlari bir qabr yonida o‘tirganlarini ko‘rdim va oldilariga borgandim, Hazrat menga Qur’on o‘qishimni aytdilar. Men aytganlarini qildim, u qabr dodezlar bo‘lmish Muhhamad Yusuf(rohimahulloh)ning qabrlari ekan. Duo keyin men shayx Hazratlariga haqqimga duo qilishlarini so‘radim. Ular meni duo qildilar, keyin men yig‘lab “Sizdek odamdan duo olish nasib qiganiga shukur” desam, kulib peshonamdan o‘pdilar va qo‘limga ikki ya’ni biri namoz haqida ikkinchisi haj haqida bo‘lgan 2 ta disk berdilar. Keyin “ish topomasen mani oldimga borgin” deb qabristondan chiqib ketdilar. Men ish qidirayotgandim, vaerga borsam namozga ruxsat yo‘q. Yoki namoz o‘qimaysan deydi, yoki vaqt topib bera olmayman deydi. Hozirda hamma joyga borib kelayapman. Ish nomozimga to‘g‘ri kelmayapti. Shunga nima qilishni maslahat berasiz? Tushimi ta’birini aytib bersangiz. Shayx Hazratlarining “Hadis va Hayot” kitoblari : “tushingizni taqvodorlarga aytin” deyilgan ekan. Duo qilishingizni ham iltimos qilib qolaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Allohga taqvo qilsangiz, in shaa Alloh har bir mushkul holatdan O‘zi chiroyli echim beradi. Tushingizga kelsak, Alloh a’lam, bu ibodatda mustahkam bo‘lishga ishora. Alloh taolo hammamizni O‘zining ibodatida mustahkam, taqvodor bandalaridan qilsin! Ismoil Muhammad Yusuf. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 15:19 | Савол-жавоблар | 144 | Turli savollar