Qanday yo‘l tutish kerak?

Assalomu alaykum! Ustozlar, er xotini va bolasini ta’minlay olmayapti, ya’ni oziq-ovqat va kiyim kechak, dori-darmon xolos. Xotini tejamkor ayol, ortiqcha sarflamaydi. Xotinning ota-onasi va ukasi ta’minlaydi. Lekin ularga xam xadeb yuklanish to‘g‘rimas, malol kelishi bor. Xotin ishga chiqaman desa eri xecham ruxsat bermayapti. Qaynog‘asini boqishiga ham beparvo, o‘zining ishi yurishmayapti(bu Allohga taqvo qilmaganidan, lekin buni ayoli tushuntirsa tushunmayapti). Erini norozi qilib ishlashga Allohdan qo‘rkyapti. Yoki shunday holatda ishlasa gunohkor bo‘lmaydimi? Iltimos maslaxat beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ayol biroz sabr qilsin. Faqat erini roziligi bilan ayollarga xos ishda ishlasa joiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 11:20 | Савол-жавоблар | 174 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar