Munofiqmi?
Assalomu alaykum! Hozir judda ko‘p mamlakatlarda bo‘layotgan terror harakatlari va “Ishid fitna”si odamga ta’sir qildi. Lekin bir narsa meni oylantirib qoydi Suriyadan qochib ketayotgan oddiy xalq ichida erkak kishilar ham ko‘p, nima uchun yurtini ximoya qilmay boshqa davlatlarga qochib ketishmoqda? Bu munofiqlik alomatimi? Ular yurtlarini tashab ketishini qanday izohlash mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo bizni birovga baho berish uchun emas, aksincha, U Zotning nazdida yaxshiroq baho olishimiz uchun dunyoga keltirgan. Birovga baho beraman deb, o‘zimiz yomon baho olib qolishdan ehtiyot bo‘lganimiz ma’qul. Siz aytayotgan odamlarga kelsak, avvalo, ularning niyatini bilishning imkoni yo‘q. Binobarin, ular haqida shaxsiy fikrlardan kelib chiqib, biror xulosa chiqarishga hech kimning haqqi yo‘q. Munofiqlikning alomatlari haqidagi oyat-hadislardan bu haqda batafsil ma’lumot olish mumkin. Shuningdek, Ustozimiz shayx Hazratlarining «Ochiq xat» kitobida shunga o‘xshash voqealarga xolis munosabat bildirilgan. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 15:19 | Савол-жавоблар | 158 | Turli savollar