Musxaf
Odina ustoz!savollarimizga vaqt topib javob berayotganingiz uchun olloh sizdan rozi bulsin!Ayollar ko‘pincha farzandlari uhlayotganda uy yumushlarini qilib olishadi.Farzandlarimizni tinchroq joyga yotqizib uzimiz uy yumushlarimiz bilan band bulamiz.Ba‘zi bolalar uyqularida cho‘chib,qo‘rqib,alaxsib yiglab qoladilar.Kattalarimiz bolalalarni yolg‘iz qoldirmaslikni aytishadi.Shu maqsadda ularga dam solinib bosh taraflariga musxafni qo‘yib qo‘yishni uqtirishgan.Hurmatli ustoz,dam solish haqidagi hadislarni yaxshi bilamiz,lekin musxafni bolani bosh tomoniga qo‘yish haqida shariatda qanday ma‘lumot bor?umuman musxaf (qur‘oni karim kitobi) uhlayotgan bolalalarga qandaydir ijobiy ta‘sir utkazadimi?Olloh ishlarizi oson qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
siz aytgan narsa haqida shariatda ko‘rsatma yo‘q. lekin eng yaxshi narsa dam solish, yaxshilab ixlos bilan dam solinsa, hamma narsaga kifoya qiladi. nafaqat bolalarga, har bir musulmon kishi oddiy holatlarda o‘ziga kamida kuniga ikki marta dam solib yurishi zarur. vallohu A’lam.
28 Апрел 2022, 16:16 | Савол-жавоблар | 151 | Ayollarga oid masalalar