Naflning savobi

Assalamu alaykum! Har kuni kechasi soat 1:30 2:00da turib, xuddi farz namozini o‘qigani kabi 4-6-8 rak’at nafl namoz o‘qiyman. Bu ishim to‘g‘rimi? Qalbimni Alloh yulida ochish uchun va namoz o‘qishga kirishib ketish uchun nafl namozidan boshladim. Mening bu ishim va tushuncham to‘g‘rimi? Men qanday va nimalarni o‘qishim kerak?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh sizni namoz o‘qishga, xususan kechasi turib ibodat qilishga muvaffaq qilgani muborak bo‘lsin va bardavom bo‘lishini nasib qilsin. Agar zimmangizda qazo namozlari bo‘lsa, naflning o‘rniga qazoni niyat qilsangiz bir yo‘la ham naflni savobini olasiz, ham qazo soqit bo‘lib, kechasida qoim bo‘lganning savobini olasiz. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:23 | Савол-жавоблар | 149 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar