40 kunlik ro‘za haqida
Assalamu alaykum! Men 40 kun ro‘za tutishga niyat qilishim shariatimizga to‘g‘ri keladimi? Ba’zi paytlarda saxarlik qilmay iftorga qadar ishlayman, lekin o‘zimni yaxshi his etaman. Shu ishim ham to‘g‘rimi yoki saharlik qilish shartmi? Shu tutayotgan ro‘zamni qazo ro‘za desam bo‘ladimi? Ruza tutishni 1 dekabrdan boshladim, shunda juma kunlari ham tutayapman, karohiyatli emasmi? Hamma javoblar uchun oldindan rahmat. Assalomu aleykum.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aynan 40 kunni tayin qilish shariatimizda yo‘q. Xohlaganingizcha ro‘za tutishingiz mumkin. saharlik qilish shart emas, sunnat. Zimmangizda qazo ro‘zalari bo‘lsa, avval ularni ado qilishingiz shart. Juma kunlari ham tutishning karohyati yo‘q. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 15:23 | Савол-жавоблар | 143 | Ro‘za