Geyner iste’mol qilish

Assalomu alaykum! Geyner degan ortiqcha oqsil bo‘lib, u semirtiradigan poroshokdir. Uni iste’mol qilsak bo‘ladimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Geyner bu sportchilarning qo‘shimcha ozuqa manbai bo‘lib, uning tarkibiga qarab aytiladi. Bir narsaning halol yoki harom ekanligi uning tarkibiga bog‘liqdir. Tarkibida shariat harom qilgan narsalar bo‘lsa, uning iste’moli joiz emas. Hamma narsalarda muboh birinchi o‘rinda turadi qoidasiga binoan, tarkibida harom narsalar bo‘lmasa yoki bor yoki yo‘qligi ma’lum bo‘lmasa iste’moli joiz. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:24 | Савол-жавоблар | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar