Qarzni qaytarishni kechiktirish

Assalamu alaykum! Hurmatli hay’at a’zolari! Mening bir do‘stim bor, o‘zi Alloh qodir qilganicha ibodatda. Badavlat va mulklari bor, lekin qarzi ham bor. Uning haqdorlari hozirda pulga muhtoj, men do‘stimga “mulklaringdan birini sotib bo‘lsa ham qarzlaringni uzgin” desam, u “mulkimni sotib qarzimni uzmayman-ku” deb javob berdi. Agar mulkini sotib yuborsa, uning yangi egasi lozim darajada ishlotolmasdan, u erda ishlayotgan ishchilarning oilasiga ham ziyon etishi mumkinligini sabab qilib ko‘rsatmoqda. Kuniga ancha summalik savdo qiladi, ishlab chiqargan mahsulotini sotadi. Men “shu pullardan ber qarzlaringini” desam, bu pulni bersam oborotdagi pul ekanligini, bu pulga ehtiyoji borligini aytmokda. Bu holda do‘stim nima qilishi kerak?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! « مطل الغني ظلم »
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Boy (qodir) bo‘laturib qarzni kechiktirish zulmdir», deganlar. (Muttafaqun alayh).
O‘tirgan uyini sotib bo‘lsa ham qarzlarini uzsin.
Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:27 | Савол-жавоблар | 129 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar