Qarzi bo‘lsa

Assalomu alaykum! Mo‘min insonning kofirdan qarzi bo‘lsa, hisob-kitob vaqtida haqqi evaziga iymonini talab qilsa olib beriladimi? Ushbu savol yozgan vaqtda izlash xizmati ishlamadi.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!  حَدَّثَنَا آدَمُ بْنُ أَبِي إِيَاسٍ، حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي ذِئْبٍ، حَدَّثَنَا سَعِيدٌ الْمَقْبُرِيُّ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ  رضي الله عنه قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ   صلي الله عليه وسلم: «مَنْ كَانَتْ لَهُ مَظْلَمَةٌ لِأَحَدٍ مِنْ عِرْضِهِ أَوْ شَيْءٍ فَلْيَتَحَلَّلْهُ مِنْهُ الْيَوْمَ قَبْلَ أَنْ لَا يَكُونَ دِينَارٌ وَلَا دِرْهَمٌ، إِنْ كَانَ لَهُ عَمَلٌ صَالِحٌ أُخِذَ مِنْهُ بِقَدْرِ مَظْلَمَتِهِ، وَإِنْ لَمْ تَكُنْ لَهُ حَسَنَاتٌ أُخِذَ مِنْ سَيِّئَاتِ صَاحِبِهِ فَحُمِلَ عَلَيْهِ». قَالَ أَبُو عَبْدِ اللهِ: قَالَ إِسْمَاعِيلُ بْنُ أَبِي أُوَيْسٍ: إِنَّمَا سُمِّيَ الْمَقْبُرِيَّ لِأَنَّهُ كَانَ نَزَلَ نَاحِيَةَ الْمَقَابِرِ. قَالَ أَبُو عَبْدِ اللهِ وَسَعِيدٌ الْمَقْبُرِيُّ: هُوَ مَوْلَى بَنِي لَيْثٍ، وَهُوَ سَعِيدُ بْنُ أَبِي سَعِيدٍ، وَاسْمُ أَبِي سَعِيدٍ كَيْسَانُ. طرفه: 6534 - تحفة: 13028 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Kim birovning sha’niga yoki biror narsasiga zulm qilgan bo‘lsa, uni bugun – dinor ham, dirham ham bo‘lmay qolishidan oldin – rozi qilib olsin. Agar solih amali bo‘lsa, undan qilgan zulmi miqdorida olinadi; yaxshiliklari bo‘lmasa, haq egasining yomonliklaridan olinib, bunga yuklatiladi».(“Oltin Silsila” Sahih Buxoriy). عَنِ ابْنِ عُمَرَ ، قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : " مَنْ مَاتَ وَعَلَيْهِ دِينَارٌ أَوْ دِرْهَمٌ قُضِيَ مِنْ حَسَنَاتِهِ لَيْسَ ثَمَّ دِينَارٌ وَلَا دِرْهَمٌ " . Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Kim zimmasida dinor yoki dirhamdan qarzi bo‘lib vafot topsa, uning hasanotlaridan olib beriladi. U erda dinor ham dirham ham yo‘q” dedilar". (Ibn Moja rivoyati).
Iymonini talab qilishi haqida biror hadis kelmagan. Kishining mo‘min yoki kofir holatda bo‘lishi, bu dunyodan ketar vaqtida ma’lum bo‘ladi. Dunyodan o‘tganidan keyin mo‘min yoki kofir bo‘lish yo‘q. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:28 | Савол-жавоблар | 128 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar