Qazo namozlarni xar kuni o‘tash
Assalamu alaykum! Hurmatli va aziz Ustozlar! Opamlarning iltimoslari bilan shu savolni sizlarga berayapman. Yoshlari 55 da, 32 yoshlaridan boshlab 5 maxal namozni o‘qishni boshlaganlar. Aytishlaricha 20 yillik qarzlari bor ekan. Marhum shayx Hazratlaridan eshitgandim, "Namozni faqat namoz bilan yopib bo‘ladi" deganlarini, ya’ni muborak kunlarda falon namoz o‘qilsa, 1 yillik namoz o‘rniga o‘tadi, degan gaplar manimcha faqat savobi berilishi mumkin, agar Alloh hoxlasa, o‘talmagan namozni o‘rni bosilmaydi deb tushundim. To‘g‘ri tushundimmi? Opamlar har kuni “1 yilda 5 yillik qazoni o‘tayman” deb 5 maxal namozdan tashqari 17 rak’atdan 5 marta o‘qimoqdalar. Menda 9 yillik qarz bor, ya’ni 22 yoshimdan boshlaganman. Men ham shunday qilsam bo‘ladimi? Men 17 rak’atlik namozdan 5 maxaldan tashqari 2 maxal o‘qiy olaman xolos, chunki korxonada ishlayman. Shu ishimiz to‘g‘ri bo‘ladimi? Sizlarga ofiyat va sog‘lik tilab, ishlaringizga rivoj tilayman, Alloh asrasin xammamizni. Katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri tushungansiz. Tirik odamning qoldirgan namozlarini faqat namoz bilan ado qilinadi. Alloh taolo ikkingizni tavfiqda bardavom qilib, kuch-quvvat ato etsin. Vitrning ham qazolarini qo‘shib o‘qinglar. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 15:29 | Савол-жавоблар | 154 | Namoz