Nikohlash

Assalomu alaykum! Iddasi tugamagan va eri uni taloq ham qilmagan, arzimagan bir o‘rtalaridan gap o‘tib, uyiga kelib o‘tirgan ayolni, ma’lum bir mablag‘ evaziga, mablag‘ to‘lovchiga nikohlab qo‘yish joizmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Vaziyat agar xuddi siz aytganingizdek bo‘lsa, ayolning keyingi nikohi durust emas. Mabodo birga hayot kechirishni boshlasalar, harom ishga qo‘l urgan bo‘ladilar. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:32 | Савол-жавоблар | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar