Nazrning kafforati borasida

Assalomu alaykum! Hurmatli “savollar.islom.uz” sayti xodimlari! Savolim nazr kafforati to‘g‘risida edi.
1) Bir kishi “agar bomdod namozini qazo qilsam o‘sha kunning o‘zidayoq faloncha pul ehson qilaman” deb nazr qilgan. Ammo ba’zi kunlarda(puli yo‘qligi yoki boshqa sababga ko‘ra) aytgan nazrini o‘sha kuni ado eta olmadi. Endi bu kishi nazrni kechiktirib ado etadimi yoki kafforat o‘taydimi?
2) Agar kafforat o‘tasa har bir qazo qilgan va nazrini ado qilmagan kuni uchunmi yoki nazrning asli(bittaligi) e’tiboridan bitta kafforat kifoya qiladimi?
3) Kafforatni ado etishda 10 ta miskinning taomi qiymatidagi pulni bir kishiga bersa joizmi? Javoblaringiz uchun oldindan rahmat. Alloh taolo qilayotgan xayrli ishlaringizni bardavom qilsin!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Qasamda urf, nazrda lafzga qaraladi. Siz keltirgan "agar bomdod namozini qazo qilsam o‘sha kunning o‘zidayoq faloncha pul ehson qilaman” deb nazr qilishda nazr bir martaga bog‘lanadi. Bir marta bamdodni qazo qilib, qilgan nazrini ado qilsa, nazri tugaydi. Agar “qachon yoki har qachon bamdodni qazo qilsam” deyilganida edi, har bir qazo qilinganiga nazr qilingan narsani berish vojib bo‘lar edi.
3). Kafforatni ado etishda 10 ta miskinning taomi qiymatidagi pulni bir kishiga bersa joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:40 | Савол-жавоблар | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar