Chaqaloqqa fitr sadaqa berish
Assalamu alaykum! Zikr ahlidan so‘rang hay’ati a’zolari, qimmatli vaqtingizni ayamay berayotgan javoblaringiz uchun katta rahmat! Men savol javoblar orasidan “emizikli onaga fitr sadaqasi berilmasligi”ni bildim. Savol. Emizikli chaqaloqqa fitr sadaqasi beriladimi? Agar ona emizishdan chiqsa, unga ham fitr sadaqasi berish kerak bo‘ladimi? Javobingiz uchun rahmat. Alloh qilayotgan xizmatlaringizni ajrini bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Faqir, ya’ni nisobdan oz moli bor odamga. Miskin, ya’ni hech narsasi yo‘q kishiga.
Zakot omiliga amali miqdoricha beriladi.
Mukotabga bo‘ynini ozod qilishi uchun yordam beriladi.
Qarzidan ortib qolgan moli nisobga etmaydigan qarzdorga beriladi.
Allohning yo‘lida, ya’ni Abu Yusufning nazdida g‘oziylarning faqirlariga va Muhammadning nazdida hojilarning faqirlariga beriladi.
Va ibn sabiylga, ya’ni moli bor-u, lekin o‘zi bilan bo‘lmagan (musofir) shaxsga beriladi.
Bas, zakotni barcha sinflarga yoki ba’zisiga mulk qilib beriladi. Orasida tug‘ish va er-xotinlik aloqasi borlarga, o‘zining quliga, bir qismini ozod qilgan quliga, boyga, uning quliga va kichik yoshdagi bolasiga, Banu Hoshimga, ularning mavlolariga va zimmiyga emas. Unga (zimmiyga) zakotdan boshqasini bersa bo‘ladi. (“Kifoya” kitobidan)
Emizikli ona yuqorida zikr qilingan berilmaydiganlar safiga kirsa, berilmaydi. Chaqalog‘iga ham berilmaydi. Agar chaqaloq boyning bolasi bo‘lsa unga ham berilmaydi. Boydan murod nisobga etadigan mablag‘i bor odam. Agar kambag‘alning chaqalog‘i bo‘lsa beriladi. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 16:22 | Савол-жавоблар | 142 | Ro‘za