Qazo namozi bor imom

Assalamu alaykum! Ustozlar. Men bir savolda “qazo nomozi bor odam imomlikka o‘tishi mumkin emas” deb o‘qib qoldim. Bunda umumiy qazo namoziga qaraladmi? Men 23 yoshimda namoz o‘qishni boshlaganman, ordagi qazo namozlarimni tugatmagunimcha imomlikka o‘tishim mumkin emasmi? Savolda kamchilik yoki savol takroriy bo‘lsa uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Qazo nomozi bor odam imomlikka o‘tishi mumkin emas” degan gap yo‘q. Faqat bir suratdagina imomlik u yoqda tursin, imomlikka o‘tmoqchi bo‘lib turgan namozini o‘qish ham joiz emas. U yoshligidan biror namozini qoldirmagan yoki qoldirgan bo‘lsa ham, qazolarini to‘liq ado qilgan kishidir. Unga avvalo qazo namozini o‘qib, keyin keyingi namozga imom bo‘lishi mumkin. Unday kishini “Sohibi tartib” deyiladi. Unday odamning “Sohibi tartib” bo‘lmasligi uchun umri mobaynida eng kami olti vaqt namozni qoldirib, qazosini ham o‘qimagan bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam.
https://savollar.islom.uz/savol-25449/ 
https://savollar.islom.uz/savol-14434/

26 Май 2022, 15:44 | Савол-жавоблар | 147 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar