Quyosh botishi
Assalomu alaykum! Qadrli ustozlar sizlarga bir necha savollar bilan murojaat qilmoqchiman. Asr namozini shom namozi kirgunicha o‘qib bo‘lish kerak deb o‘qidim. Buni masalan shom namozi 18:00da kirsa oxirgi nuqtasi 17:59gacha o‘qib bo‘lish kerak deb tushungan edim. Lekin bir joyda o‘qib qoldim "quyoshning nuri ketgan vaqtdan to shomgacha o‘qilgan namoz ham xaromdir, bu taqriban quyosh botishidan yarim soat oldingi vaqt hisoblanadi" shu jumlaga bilimsizligim uchun hech tushunolmayapman. Iltimos soddaroq yo‘sinda tushuntirib bersangizlar. 2) " quyosh nuri ketgunicha qazo namozlarni o‘qish joizdir" bu jumlaga ham tushuna olmadim. Axir quyosh nuri ketayotgan payt quyosh botayotgan vaqtga to‘gri kelib bu vaqtda o‘qilgan namozlar makruh hisoblanmaydimi? 3) bir javoblaringizda o‘qib qoldim "avratni yopib turadigan narsa ila g‘uzl qilinadi" degan. Avratlarni yopib turib g‘uzl qilish shartmi yoki ixtiyoriymi? Bu namoz kitoblarida yozilmagani uchun buni bilmasdan yoshligimizdan to hozirgacha avratlarni yopmasdan g‘usl qilib shu g‘uzl bilan namoz o‘qib kelyapmiz. Bu ishimiz to‘g‘rimi? 4) javoblaringizni birida avvalgi taqvim xato deb qabul qilindi siz dunyoning ishonchli taqvimlaridan xanafiy masxabiga qo‘yib foydalaning degan ekansizlar. Men internetdan bir nechta taqvimlar tortib oldim. Bunda asr namozi hozirgi kunda 15:30 korsatyapti. Rostan ham bu vaqtda quyosh nuriga qarasam soyam o‘zimdan 2barobar kattalashib ketgan. Masjidlarda 16:30da asrga azon aytadi. Savolim shuki men ba’zan safardaligimda yoki safarga chiqmoqchi bo‘lsam masjidga borib azon aytmay yoki uyda o‘zim azon chaqirib 15:30dan boshlab asr namozini o‘qib olaman. Chunki keyin vaziyat bo‘lmay qolishi mumkin deb. Shu ishim to‘g‘rimi? Sizlar qaysi taqvimdan foydalanishni maslahat berasizlar iloji bo‘lsa nomini yozib bersangizlar. Javoblaringiz uchun oldindan katta rahmat Olloh rozi bo‘lsin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Siz aytgan narsa o‘sha kunning asr namozidan boshqa namozlarga tegishli. Hadisda quyosh botmasidan avval bir rak’at asrni o‘qisa qolganini botganidan keyin o‘qisa ham o‘sha asrni ado qilgan bo‘ladi – deyilgan. 3). To‘g‘ri. 4). Intenetdan olingan taqvimni metodini hanafiy, rasadxonasini Karachiga qo‘yib oling. Asrni ikki misl deganini oling. Siz aytgan 15:30 bir misl bo‘ladi. Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 16:37 | Савол-жавоблар | 211 | Namoz