Allohdan O‘zimga insof so‘rayman
Assalamu Alekum Ustoz!!! Sog‘liqlaringiz yaxshimi? Allohim umringizni uzoq qilsin!!!Ustoz, men juda ham ko‘p Allohning rahmati va rahmdilligi haqida ko‘p eshitganman. Shuning uchun nimagadir bazi gunohi kabiralarni ham qo‘rqmasdan qilishlik jurati paydo bo‘lib qolgan (astag‘furillah). Bu huddi Allohning rahmatini suiste‘mol qilish bilan bir. Ustoz, bu ishlarni qilmasligim uchun Allohdan ofiyat so‘rab duo qiling va Allohning gunohkor bandalariga qahr, g‘azabi borligini ham eslatib nasixat qilsangiz. Bu haqida biror bir oyat yoki hadis bormi...Shoyad, shular haqida bilmga ega bo‘lgach yomonliklardan qaytsam...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Vakiy’ ibn Jarroh keltirgan rivoyatda Oisha roziyallohu anho aytadi: «Gunohlarni ozaytiringlar! Albatta, sizlar Alloh taologa gunoh ozligidan afzal narsa ila yo‘liqa olmaysizlar».Banda zohiriy va botiniy, katta va kichik ma’siyatlardan hazir bo‘lishi lozim. Ko‘pincha, bir ma’siyat boshqa ma’siyatga tortishi ham mumkin. Xususan, qalb va til ma’siyatlari kabi his qilish qiyin bo‘lgan ma’siyatlardan ehtiyot bo‘lish kerak.
27 Май 2022, 04:32 | Савол-жавоблар | 160 | Aqiyda