Tajvid qoidalari

Assalomu alaykum! Ko‘p hollarda yoshi ulug‘ kishilarimiz namozdan keyin yoki boshqa joylarda tillari shunga o‘rganib qolganidanmi tajvidni buzib Qur’on tilovat qilishadi.  Shunday holatlarda Qur’on ma’nolari o‘zgarib ketsa, ular gunohkor bo‘lib qolishmaydimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ular gunohkor bo‘lib qoladilar, lekin ularni Qur’onni o‘qimaslikka emas, balki go‘zal tarzda o‘nglashga harakat qilish kerak. Masalan, masjidning imomi har namozdan oldin yoki keyin “Fotiha” surasining bittadan lafzini to‘g‘ri talaffuz qilishni masjid ahliga mashq qildirish kerak. Shunday qilib turilsa ham talabi ilm bo‘ladi, ham vaqt o‘tishi bilan bu muammo to‘g‘rilanadi. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:51 | Савол-жавоблар | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar