Qurbonlik qilish vaqti

Assalomu alaykum! Ming bor uzr vaqtingizni olganim uchun. “Bir ishim bitsa bir qo‘y so‘yaman” deb nazr qilsa, bu ishi bitsa, qachon bo‘lsa o‘sha qo‘yni so‘ysa bo‘laveradimi yoki belgilangan vaqti bormi? Savoldagi xato va kamchiliklar uchun uzr so‘rayman. Javobingiz uchun kattadan katta rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Bir ishim bitsa bir qo‘y so‘yaman” deb nazr qilish ikki xil bo‘ladi.
1-Qo‘y so‘yib go‘shtini tarqataman. Bu suvratda qurbonlik qilish maqsad bo‘lmay go‘shtni sadaqa qilish iroda qilingan bo‘ladi. Bunda qo‘yni qachon so‘yib tarqatsa bo‘laveradi.
2-Qurbonlik qilaman. Bu faqat Qurbonlik kunlariga xos bo‘lib, boshqa kunlarda so‘yish bilan ado bo‘lmaydi.
Fuqaholarning ko‘pchiligi “Bu ikki holatda ham nazr qilgani uchun so‘yilgan go‘shtdan o‘zi emaydi” deganlar. Ba’zilar “o‘zi esa ham joiz” deganlar. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:52 | Савол-жавоблар | 136 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar