O‘zini “kofirman” deyish
Assalomu alaykum! O‘tib ketgan muborak Qurbon Hayiti bilan barchangizni chin dildan muborakbod etaman. Savolim : men Rossiyada ishlayman, Allohga shukur namoz o‘qiyman, lekin bizni yonimizda bir odam o‘zini bir necha marta “men kofirman” deb aytdi. Men “unday demang yomon bo‘ladi” desam, meni yomon ko‘radi. U odamni aqli hushi joyida, u kishini bir necha bor bu yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘ldim, lekin u “mening otam “Bismillahni” aytmagan, men ham aytmayman” deydi. Yana u kishi namozxonlarni ham yomon ko‘radi. Aytinglarchi u odamni qanday bu yo‘ldan qaytarsa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar holat shu darajada bo‘lsa, unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pandu nasihat qilishni to‘xtatish kerak. Unday odamlarni o‘zlari hurmat qiladigan, gapini oladigan, ilmli va hikmat bilan ish tutadigan kishiga ro‘baro‘ qilish kerak. Aqoid kitoblarimizda “ba’zi kishilarning og‘zidan kufr so‘z chiqishini bila turib, unga javob bersa kofir bo‘ladigan savollarni berish kufr sanaladi” deyilgan. Shuning uchun ba’zi bir e’tiqod qilinishi zarur bo‘lgan narsalarni bilmagan kishilarga “Shu narsaga e’tiqod qilishni farzligini bilmaysizmi” degan savolni berish o‘rniga, “Bu narsalar bizning Islom dinida e’tiqod qilinishi zarur, bilish farz” deyish kerak. Chunki u “Bilmayman” desa kofir bo‘lib qoladi. Bunga sababchi bo‘lmaslik kerak. Qaysar kishilarga ham uning og‘zidan kufr so‘zlari chiqishi g‘olibi gumon bo‘lsa, ular bilan baxslashmaslik va kofir bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 15:53 | Савол-жавоблар | 169 | Turli savollar