Jinlar ham insonlar bilan namoz o‘qiydimi?

Assalamu alaykum! Ustozlar ayyomingiz muborak! Savolim : men yolg‘iz farz namozini o‘qiganimda jinlar kelib iqtido qilishi mumkinmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Akaamul marjan” va “Roddul Muxtor” kitoblarida : “jinlar odam suratida bo‘lsalar, insonlarni ularga iqtido qilishi joiz” deyilgan. Jinlarning insonlarga iqtido qilishiga kelsak, u ham joiz. Lekin “jinlar bizga iqtido qiladimi yo‘qmi” degan savolga, “iqtido qilishlari mumkin. Ammo ular bizning ko‘zimizdan g‘oyib bo‘lgani uchun qat’iy bir hukmni ayta olmaymiz” deyiladi. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:53 | Савол-жавоблар | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar