Nima qilgan afzal?
Assalamu alaykum! Bir tanishim rak kasaliga chalingan. O‘zi ham kasalini biladi. Ahvoli og‘irlashib borayapti. Bilishimcha namoz o‘qimagan, shariat ahkomlarini bajarmaganlar qatorida desa ham bo‘ladi. Bemorni ko‘rishga borsam ayrim noshar’iy jumlalarni ham ishlatib yuboradi. Masalan “Qaysi gunohim uchun bunday dard beradi” kabi. Bunday hollarda uni bu yo‘ldan, so‘zdan qaytarmoqchi bo‘laman, ammo “og‘riqdan bundan ham battarini aytib yuboradi” degan hayol bor. Shariat yuzasidan bunday bemorlar xuzuriga borganda nima deb ularga taskin berish mumkin? Ularga “namoz o‘qi, tavba qil” kabi gaplarni aytish joizmi? Bedavo dard qarshisida turgan bunday bemorlarni ko‘rish uchun borganlarga ulamolarning qanday tavsiyalari bor?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir kishining og‘zidan shariatga zid bo‘lgan so‘zlar chiqib ketish xavfi bo‘lsa, uni bunday holatga tushishiga majbur qilish yoki sababchi bo‘lish joiz emas. Agar unga pandu-nasihat qilmoqchi bo‘lsangiz, uni yaxshi bajaradigan insonni topib, olib borganingiz afzal. BEMORNI ZIYoRAT QILISh ODOBLARI Bemorni ko‘rgani borish sunnatdir. Bemor musulmonning boshqa musulmonlar ustida haqqi bor. U ham bo‘lsa, ularning bemorni ziyorat qilib, ko‘ngil so‘rashlari, haqqiga duo qilib ketishlaridir. Islom bemorlar holidan xabar olishni muhim ishga aylantirgan. Chunki bu ish bemor uchun, shaxsiy aloqalarni hamda jamiyatni mustahkamlash uchun g‘oyat zarurdir. Musulmonlar ana o‘sha oliy martabaga erishish uchun doimo harakat qilib kelishgan. عَنْ ثَوْبَانَ مَوْلَى النَّبِي صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: مَنْ عَادَ مَرِيضًا لَمْ يَزَلْ فِي خُرْفَةِ الْجَنَّةِ حَتَّى يَرْجِعَ، قِيلَ: يَا رَسُولَ اللهِ وَمَا خُرْفَةُ الْجَنَّةِ؟ قَالَ: جَنَاهَا. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ Nabiy sollallohu alayhi vasallamning mavlolari Savbondan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir bemorni ko‘rgani borsa, to qaytgunicha jannatning xurfasida bo‘lur», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, jannatning xurfasi nima?» deyildi. «Mevasidir», dedilar». Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar. Bemorning ziyorati haqidagi barcha shar’iy dalillarni puxta o‘rganib chiqqan ulamolarimiz mazkur o‘rganishlar xulosasi o‘laroq, bemorning ziyorati odoblarini taqdim qilishgan. Quyidagi satrlarda mazkur odoblardan ba’zilarini keltirib o‘tamiz: Bemorlikning xabarini eshtishi bilan uni ko‘rgani borishga shoshilish kerak. A’mash rahmatullohi alayhidan rivoyat qilinadi: «Majlis qurar edik. Bir kishini uch kun ko‘rmay qolsak, holini so‘rar edik. Bemor bo‘lsa, ko‘rgani borar edik». Bir marta ko‘rgani borish bilan kifoyalanmay, bir oz o‘tganidan keyin takroran borish ham kerak. Chunki bemorni ko‘rgani borish, uning ko‘nglini ko‘tarish ijtimoiy aloqalarni mustahkamlashi bilan birga, o‘ta savobli ish hamdir. Bemorni ko‘rgani boradigan shaxs quruq qo‘l bilan bormasligi kerak. Iloji bo‘lsa, bemorga quvonch bag‘ishlaydigan narsalardan olib boradi. Mevalar, gullar va shularga o‘xshash narsalardan bo‘lsa ham yaxshi. Agar bemor muhtoj bo‘lsa, ko‘rgani borgan odamning unga xayr-ehson qilishi juda yaxshi. Bu ish xayr-ehson bo‘lishi bilan birga, bemorga surur baxsh etishi ila savobi yana ham ko‘payadi. Bemorning biror taomni istab turganini bilgan ziyoratchi unga o‘sha taomni muhayyo qilishga harakat qiladi. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا: أَنَّ النَّبِي صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم عَادَ رَجُلًا فَقَالَ لَهُ: مَا تَشْتَهِي؟ فَقَالَ: أَشْتَهِي خُبْزَ بُرٍّ، فَقَال النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: مَنْ كَانَ عِنْدَهُ خُبْزُ بُرٍّ فَلْيَبْعَثْ إِلَى أَخِيهِ، ثُمَّ قَال النَّبِي صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: إِذَا اشْتَهَى مَرِيضُ أَحَدِكُمْ شَيْئًا فَلْيُطْعِمْهُ. رَوَاهُ ابْنُ مَاجَهْ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir kishini ko‘rgani borib: «Ishtahang nimani tortadi», dedilar. «Bug‘doy nonini», dedi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kimda bug‘doy noni bo‘lsa, uni birodariga yuborsin, – dedilar. So‘ngra Nabiy sollallohu alayhi vasallam: – Biringizning bemoringiz bir narsani ishtahasi tortsa, uni o‘sha bilan taomlantirsin», dedilar». Ibn Moja rivoyat qilgan. Ziyoratchi bemorni u istamagan taomni tanovul qilishga majburlamaydi. عَنْ عُقْبَةَ بْنِ عَامِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: لَا تُكْرِهُوا مَرْضَاكُمْ عَلَى الطَّعَامِ، فَإِنَّ اللهَ يُطْعِمُهُمْ وَيَسْقِيهِمْ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ بِسَنَدٍ حَسَنٍ Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bemorlaringizni taomga majbur qilmangiz. Chunki Alloh ularni edirib, ichirib turur», dedilar». Termiziy hasan sanad ila rivoyat qilgan. Tib ulamolarining ta’kidlashlaricha, Alloh taolo insonning jismini o‘zini-o‘zi boshqarib turadigan qilib yaratgan ekan. Nima iste’mol qilish kerak bo‘lsa, tanada o‘sha narsaga talab kuchayar, nima kerak bo‘lmasa, talab susayar ekan. Shuning uchun bemorga o‘zi istamagan narsani majburlab edirish yoki ichirish yaxshi emas. Bemor huzurida o‘tirganda, unga shifo tilab duo qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari ko‘rgani borgan bemorlarning haqqiga duo qilganlar. عَنْ سَعْدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: اشتَكَيْتُ بِمَكَّةَ فَجَاءَنِي النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَعُودُنِي، فَوَضَعَ يَدَهُ عَلَى جَبْهَتِي ثُمَّ مَسَحَ يَدَهُ عَلَى وَجْهِي وَبَطْنِي، ثُمَّ قَالَ: اللَّهُمَّ اشْفِ سَعْدًا، وَأَتْمِمْ لَهُ هِجْرَتَهُ، قَالَ: فَمَا زِلْتُ أَجِدُ بَرْدَهُ عَلَى كَبِدِي فِيمَا يُخَالُ إِلَيَّ حَتَّى السَّاعَةِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Makkada bemor bo‘lib qoldim. Nabiy sollallohu alayhi vasallam meni ko‘rgani keldilar-da, qo‘llarini peshonamga qo‘ydilar, so‘ngra qo‘llari ila yuzimni va qornimni siladilar. Keyin esa: «Allohim! Sa’dga shifo bergin. Uning hijratini batamom qilgin», dedilar. Hozirgacha jigarimda uning sovug‘ini sezib turgandekman». Buxoriy va Abu Dovud rivoyat qilganlar. Barcha musulmonlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan o‘rnak olib, bemorlarni ziyorat qilishlari va ularning haqqiga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kabi duo qilishlari lozim. Bemorga xastaligini ko‘p eslatmaslik, bu haqda savolni ko‘paytirmaslik va shunga o‘xshash bemorlikning yomon oqibati haqida gapirmaslik lozim. عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ كَعْبِ بْنِ مَالِكٍ أَنَّ ابْنَ عَبَّاسٍ أَخْبَرَهُ، أَنَّ عَلِيَّ بْنَ أَبِي طَالِبٍ رَضِي اللهُ عَنْه خَرَجَ مِنْ عِنْدِ رَسُولِ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم فِي وَجَعِهِ الَّذِي تُوُفِّيَ فِيهِ، فَقَالَ النَّاسُ: يَا أَبَا الْحَسَنِ، كَيْفَ أَصْبَحَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم؟ قَالَ: أَصْبَحَ بِحَمْدِ اللهِ بَارِئًا. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ فِي الْأَدَبِ Ka’b ibn Molikdan rivoyat qilinadi: «Ibn Abbos unga xabar bergan: «Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etishlaridan avvalgi bemorliklarida u zotning huzurlaridan chiqdi. Shunda odamlar: «Ey Abul Hasan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qanday tong ottirdilar?» deyishdi. «Allohga hamd bo‘lsin, tuzalgan holda tong ottirdilar», dedi». Buxoriy «Adabul-mufrad»da rivoyat qilgan. Musulmon xalqlarda ushbu odoblarga rioya qilish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Har qanday og‘ir bemor bo‘lsa ham, uni ko‘rgani kelganlar: «Alloh taologa shukr, yaxshisiz», deyishadi. Bemorni ko‘rgani kelgan odam bemorning ko‘nglini ko‘taradi, unga dalda beradi, xursandchilik gaplar aytadi. عَنْ أَبِي سَعِيدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: إِذَا دَخَلْتُمْ عَلَى الْمَرِيضِ فَنَفِّسُوا لَهُ فِي أَجَلِهِ، فَإِنَّ ذَلِكَ لَا يَرُدُّ شَيْئًا وَيُطَيِّبُ بِنَفْسِهُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ Abu Sa’id roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qachon bir bemorning huzuriga kirsangiz, ajali borasida uning ko‘nglini ko‘taring. Albatta, o‘sha hech narsani qaytarmas, lekin uning ko‘nglini ravshan qilur», dedilar». Termiziy rivoyat qilgan. Albatta, bemor odam ko‘ngli siniq holatda, bir og‘iz shirin so‘zga muhtoj bo‘lib yotadi. Uni ko‘rgani borishdan asosiy maqsad ham ko‘nglini ko‘tarishdir. O‘sha ko‘ngil ko‘tarishda bir oz mubolag‘a qilib yuborish ham joiz. Bu ma’noni ko‘pchilik yaxshi o‘zlashtirib olgan. Lekin shu narsani Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflariga muvofiq ravishda, sunnatga amal qilmoqdaman, degan niyatda qilinsa, savobi yanada ko‘proq bo‘ladi. Bemorning ziyoratiga borgan odam bemorga o‘z mehrini izhor qiladi, xizmatiga tayyor ekanini bildiradi va faqat yaxshi gaplarni gapiradi. عَنْ أُمِّ سَلَمَةَ رضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم إِذَا حَضَرْتُمُ الْمَرِيضَ أَوِ الْمَيِّتَ فَقُولُوا خَيْرًا، فَإِنَّ الْمَلَائِكَةَ يُؤَمِّنُونَ عَلَى مَا تَقُولُونَ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Bemor yoki o‘layotgan kishining huzurida hozir bo‘lsangiz, yaxshi gap ayting. Chunki farishtalar siz aytayotgan narsaga «Omin», deb turadilar». Muslim, Abu Dovud, Termiziy va Nasaiy rivoyat qilganlar. Bemorning avrati, ochiq joylari, dori-darmonlari va boshqa narsalariga nazar solmaslik kerak. Malol kelmasligi uchun bemorning oldida uzoq o‘tirib qolmaslik lozim, lekin bemorning o‘zi istasa, bundan mustasno. Bemorning haqqiga duo qilgandan keyin uning o‘zidan ham duo so‘rash kerak, chunki u duosi qabul bo‘ladigan toifadandir. عَنْ عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ لِي النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: إِذَا دَخَلْتَ عَلَى مَرِيضٍ فَمُرْهُ أَنْ يَدْعُوَ لَكَ، فَإِنَّ دُعَاءَهُ كَدُعَاءِ الْمَلَائِكَةِ. رَوَاهُ ابْنُ مَاجَهْ Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam menga: «Bemorning oldiga kirganingda, undan senga duo qilishini so‘ra, zero, uning duosi farishtalarning duosi kabidir». Ibn Moja rivoyat qilgan. Bemorga Alloh taoloning qazoi qadariga sabr qilish va shifodan noumid holda o‘ziga o‘lim tilashdan ehtiyot bo‘lish haqida nasihat qilinadi. عَنْ قَيْسِ بْنِ أَبِي حَازِمٍ قَالَ: دَخَلْنَا عَلَى خَبَّابٍ نَعُودُهُ، وَقَدِ اكْتَوَى سَبْعَ كَيَّاتٍ. فَقَالَ: إِنَّ أَصْحَابَنَا الَّذِينَ سَلَفُوا مَضَوْا، وَلَمْ تَنْقُصْهُمُ الدُّنْيَا، وَإِنَّا أَصَبْنَا مَا لَا نَجِدُ لَهُ مَوْضِعًا إِلَّا التُّرَابَ، وَلَوْلَا أَنَّ النَّبِيَّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم نَهَانَا أَنْ نَدْعُوَ بِالْمَوْتِ لَدَعَوْتُ بِهِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ فِي الْأَدَبِ Qays ibn Abu Hozimdan rivoyat qilinadi: «Xabbob betob yotganida, uni ko‘rgani kirdik. U yarasini etti marta kuydirgan edi. U: «Bizdan avval o‘tgan sohiblarimiz o‘tishdi. Ular uchun dunyo kam bo‘lmadi. Albatta, biz shunday narsaga erishdikki, uni qo‘ygani tuproqdan boshqa narsa topmadik. Agar Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘lim tilab duo qilishdan qaytarmaganlarida, men uni tilab duo qilardim», dedi». Buxoriy «Adubul-mufrad»da rivoyat qilgan. Bemorning ahliga va uning xizmatida turganlarga unga go‘zal muomala qilish va undan sodir bo‘ladigan injiqliklarga sabr qilish haqida nasihat qilinadi. Bu bilan ham bemorga, ham unga qarab turganlarga yaxshilik qilingan bo‘ladi. Bemor ko‘rishning yana quyidagi odoblari ham bor: Kasal bo‘lgan odamni borib ko‘rishning savobi va fazilati juda ko‘p. Bemorni ziyorat qilish, undan hol-ahvol so‘rash, biror etishmovchiligi bo‘lsa, ko‘maklashib yuborish musulmon kishi zimmasidagi zarur vazifalardandir. Bemorni ziyorat qilish Alloh taoloni ziyorat qilishga tenglashtirilgan, xasta kishi garchi g‘ayridin bo‘lsa ham, hol so‘rash yaxshidir. Kasal kishining ziyoratiga ozroq hadya olib, salom bilan kiriladi, unga yaqin, iloji bo‘lsa, bosh tomonida o‘tirib, ahvoli so‘raladi. Bemorning bosh-ko‘zi, manglayi, oyoq-qo‘lini silab, undan irganmay, hazar qilmay, yaxshi so‘zlar bilan ko‘ngli ko‘tariladi, dard vaqtinchalik ekanini aytib, tasalli beriladi. Kasal ko‘rish chog‘ida dard, bemorlik Allohning bir ne’mati ekani, buning shukronasiga tavba-tazarru’ qilish lozimligi bemorga tushuntiriladi. Xastalangan kishining huzuriga kirganda ochiq yuz, xush ko‘ngil, shafqat bilan muomala qilinadi, uning yuziga sinchiklab qaralmaydi, ko‘p va qattiq ovozda gapirilmaydi. Bemor yotgan joyga yangi kiyimda ham, shuningdek, kir, xunuk, nopok kiyimlarda ham kirish maqbul emas. Uning huzurida past ovozda, tabassum bilan gapiriladi, «Ko‘nglingiz nima tilaydi?» deb so‘raladi, agar u xohlagan narsasini aytsa va bu unga zarar qilmasa, xoh o‘zi, xoh yaqinlari orqali topib berishga harakat qilinadi. Bemor yotgan uyda kulish, yig‘lash yaxshi emas, har xil kinoyali, og‘ir botadigan, ko‘ngilga keladigan so‘zlarni aytmagan ma’qul. Agar zarurati bo‘lmasa, kasal ko‘rgani kechqurun bormagan ma’qul, chunki dard odatda kechga borib kuchayib, bemorning ahvoli tanglashadi yoki u charchab, oromga shaylangan bo‘ladi. Kasalni toliqtirib qo‘ymaslik uchun uning oldida uzoq o‘tirish, xastalik haqida ezmalanib gapirish, bilmagan narsasini dori sifatida tavsiya qilish yaramaydi. O‘zining roziligi bo‘lsa, bir oz o‘tirib, ko‘nglini ko‘taruvchi ibratli hikoyalar so‘zlab turiladi. Gapi sovuq, ezma, befarosat kishilarni bemorning yoniga yo‘latmagan maqbul. Xastalikka chalingan kishi ham o‘z navbatida kelganlarga dardi haqida gapirib, hikoya qilavermasligi, faqat so‘ralgandagina javob qaytarishi kerak. U dardi kuchayganida, o‘ziga o‘lim tilamay, Allohdan shifo so‘raydi va shukrona aytadi. Bemorning huzuridan turayotganda, uning haqqiga duo qilib, Allohdan shifo so‘raladi hamda «Xudo xohlasa, tezda tuzalib ketasiz», «Dard ham bir mehmon, hali sog‘ayib, otday bo‘lib ketasiz» kabi so‘zlar bilan tasalli beriladi.(“Ijtimoiy odoblar” kitobidan). Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 15:55 | Савол-жавоблар | 178 | Turli savollar