Najot so‘rash

Assalomu alaykum! Hurmatli ilm ahllari. Berayotgan yordamlaringiz uchun sizlardan Alloh rozi bo‘lsin. Sizlarga bir savol bilan murojaat qilmoqchiman. Meni qaynona buvijonim, Alloh rahmat qilsin, juda yaxshi inson edilar. O‘zlari mahallada otinoy bo‘lib, lekin asosan bizda urf bo‘lgan va hamma otinoylar qiladigan "chiroq yoqish" nomli marosimlarni o‘tkazardilar. Xonadonimizda ham bir necha bora bu marosim bo‘lib o‘tgan. Hovlimizga maxsus shunday chiroq yoqib qo‘yiladigan joy ham qilgan ekanlar. Buvijonimdan keyin bu ishlarni qayni opam davom ettirayaptilar. Bir necha bor bu ish noto‘g‘ri ekanini aytdim. Unday gaplarni gapirmang "momolar ushlasa qattiq kasal bo‘lasiz" deb qo‘rqitishadi. Uyimizga "momolar qo‘llasin, duo qiling” deb qo‘shnilar hamrli suyuq taomlar olib chiqishadi. Undan farzandlarim ham ichishadi. Shu ish to‘g‘rimi? Men kelinman, hujjat-dalilim bo‘lmasa ularga qarshilik qila olmayman. Iltimos, javob bersangizlar, zora menga hujjat bo‘lardi. Men qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu ishlarning barchasi bid’at-xurofot ishlardir, balki shirkka ham yaqindir. Mo‘min kishi faqat Allohdan najot, yordam so‘raydi. O‘zigagina iltijo qiladi. Shuni unutmaslik kerakki, yaxshilik va yomonli faqat Allohdandir. Vallohu a’lam.[url=https://savollar.islom.uz/savol-24510/

26 Май 2022, 16:00 | Савол-жавоблар | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar