Suriyadagi holat

Assalomu alaykum! Xabaringiz bor 2-sentiyabr kuni Turkiya sohillaridan birida topilgan yosh go‘dakning surati internetda tez tarqaldi, ko‘rib juda qalbim ezildi. Bugungacha Suriya haqidagi ma’lumotlarga ko‘zim tushib qolsa ham e’tibor qilmas edim. Bugun internetdan shu haqidagi ma’lumotlarni qidirdim. Bular ko‘p aniq ma’lumotlar bilan birga har xil gaplar, odamlarning shaxsiy fikrlari, xullas aniq va tushunarli manbaa topmadim. Ko‘zlarimda yosh bilan sizga shu maktubni yozayapman va shu bilan birga uch savol berishga ruxsat bersangizlar.
1-Suriyadagi fitna chiqarib urush qilyotganlar ham musulmonmi? Chunki o‘zlarini musulmon deb hisoblashadi, qilyotgan johilliklari butun dunyoni yig‘latadi.
2-Ularga buday qilishdan nima foyda?
3-Ularni bunday johilliklarini ko‘rib ularga la’nat aytish mumkinmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hazratning “Ochiq xat” kitoblarini olib o‘qing. In shaa Alloh shu va boshqa savollaringizga ham javob topasiz. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:02 | Савол-жавоблар | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar