Shu ismni qo‘ysa bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Hurmatli aziz ustozlar men bir necha bor savollar yo‘llagan edim, ammo javoblari kelmadi. Bir akamiz o‘g‘il farzandli bo‘ldilar, shunga ism tanlashda sizlardan maslahat so‘rab murojaat qildim. U kishi o‘g‘illariga “A’lam” deb ism qo‘ymoqchi ekan. Shunga shariatning hukmi nima bo‘ladi? Javob uchun minatdormiz, oldindan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning ismlari ichida eng sevimlisi “Abd” ya’ni “Allohning quli” bo‘lgan. Shunga ko‘ra bandaga o‘zining bandaligiga loyiq bo‘lgan ism qo‘ygan ma’qul. “A’lam” sifatini odatda Alloh taologa nisbatan “Vallohu a’lam” deb ishlatiladi. Vallohu a’lam.
Hurmatli “Abbos abdullev”. Bizning arxivimizda sizdan kelgan ikkita savol bor ekan. Lekin siz “men bir necha bor savollar yo‘llagan edim, ammo javoblari kelmadi” deb yozibsiz. Agar biror texnik sabablar bilan kelmagan bo‘lsa, savollaringizni qaytadan jo‘nating. Sizni saytning qoidalari bilan tanishsiz deb o‘ylaymiz. Shuning uchun, mabodo sayt qoidalariga xilof yozilgan savollaringiz bo‘lsa, ularga ham javob yozilmagan bo‘lishi ham mumkin. Administrator.
26 Май 2022, 16:04 | Савол-жавоблар | 129 | Turli savollar