Namozda avrat joy

Assalomu alaykum! Kiyimda temir uchquni uchishi natijasida mayda teshiklar bo‘lsa va unga yaxshilab qaralsa avrat ko‘rinadi. Shu teshikchalari bor kiyimda namoz o‘qish joizmi? Rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Erkak kishining avrati kindigi ostidan to ikki tizzasining ostigachadir.
Cho‘riniki o‘sha bilan birga elka tarafi va qorni hamdir.
Hur ayolning jamiki badani avratdir. Yuz, ikki qo‘l va oyoq bundan mustasno.
Bir a’zoning to‘rtdan birining ochilishi namozni man qiladi.
Boldirning o‘zi bir a’zodir.
Son, zakarning yolg‘iz o‘zi va ikki turmuq ham. Osilib tushgan soch ham. (“Kifoya”).
Agar yig‘ilib yuqorida zikr qilingan miqdoricha ochilib qolsa, namoz buziladi. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:04 | Савол-жавоблар | 172 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar