Ma’ruza tinglash

Assalamu alaykum! Ustozlar sizlardan bir iltimosim bor edi, agar ilojisi bo‘lsa, musofir yurtlarda ishlab yurgan musulmon do‘stlarimizning ma’ruza tinglashga ehtiyoji bor. Hozirgi kunda internetda ko‘payib borëtgan qori akalarimizdan qaysilarining ma’ruzalarini eshitganimiz yaxshiyu qaysilarini eshitmaganimiz ma’qulroq. Siz ahli ilmlar shuni bizlarga aniqlab bersangizlar. Chunki bir narsaga ikki xil fatvo bergan imomlarni eshitdim. Albatta bu ummatning orasida ixtilof chiqmasligi uchun. Javob uchun oldindan rahmat!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Hazratlarining ma’ruzalarini eshitishni maslahat beramiz. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:10 | Савол-жавоблар | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar