Tahorat va tayamum

Assalomu alaykum! Men doim namoz uchun tahorat qilaman. Lekin ko‘pincha namozdan tashqaridagi holatda Allohga yaqinlashish maqsadida, tahoratim yo‘q paytida tayamum qilib yuraman. Sababi tahoratim uzoqqa bormaydi. Allohga yaqinlashish maqsadida shunday qilib yurishim joizmi? Savoldagi xato va kamchiliklar uchun uzr so‘rayman. Javobingiz uchun kattadan katta rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namozdan boshqa vaqtda tayammum qilishiz Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga muvofiq bo‘ladi.
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ، " أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بَالَ ، ثُمَّ ضَرَبَ بِيَدِهِ إِلَى الْأَرْضِ فَمَسَحَ بِهَا وَجْهَهُ وَكَفَّيْهِ " .
Abu Harayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : Nabiy sollallohu alayhi vasallam bavl qildilar. So‘ngt qo‘llarini erga urib, yuzlari va ikki kaftlariga mash qildilar. Ushbu hadisda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam namozgacha tayammum qilib turganlari bayon qilinadi. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:10 | Савол-жавоблар | 184 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar