Ichki kiyimdagi maziy yoki vadiy

Assalamu alaykum va roxmatulloxi va barokatuxu xurmatli Ustoz!!!Sizga savol ila murojaat etishimga ruxsat bergaysiz?Savolim kuyidagicha:Agar maziy yoki vadiy ichki kiyimdan tashki kiymga utadigan darajada kup bulsa, unda u yuvilishi joizligi ma’lum. Ichki kiym tashki kiymning muxofazasi uchunligi bois, ichki kiyimning ich tomoniga maziy yoki vadiy tashki kiyimga utmaydigan darajada kam bulganda uni yuvmasdan namoz ukisa buladimi?!Javobingiz uchun oldindan tashakkur!!!Assalamu alaykum va roxmatulloxi va barokatux va xoyr!!!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
«Maziy», erkak kishining jinsiy a’zosidan jinsiy aloqani o‘ylagan yoki xotinini quchoqlagan paytda chiqadigan oq suyuqlik.«Vadiy» siygandan keyin ahyonda chiqadigan quyuq oq suyuqlik.Maziy yoki Vadiy chiqqanidan g‘usl qilish yo‘q. Ammo toharat qilish va ular tekkan joyni yuvish bor.

21 Апрел 2022, 07:34 | Савол-жавоблар | 171 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar