Suv bor joyda tayammum

Assalomu alaykum! Men Moskva shahrida ishlayman, namoz o‘qigani alohida vaqt ajratib bo‘lmaydi, rahbarlar ham bunga yo‘l qo‘ymaydi. Shuning uchun (peshing, asr) namozlarini ish qilish jarayonida, ham ish qilib yurib qazodan ehtiyot bo‘lish uchun tayammum bilan o‘qish mumkinmi yoki bundan namoz qabul bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! https://savollar.islom.uz/savol-19536 Namozni qazo qilishga ruxsat yo‘q. Tahorat qilishga hech imkon bo‘lmaganda tayammum bilan o‘qishga ruxsat bor. Siz iloji boricha tahorat qilishga harakat qiling. Baxtli inson ekansiz. Alloh taolo sizga namoz o‘qishiigizni ravo ko‘ribdi.Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.

26 Май 2022, 16:12 | Савол-жавоблар | 139 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar