To‘rt rak’at farz namozi

Assalomu alaykum! Qadrli Zikr ahlidan so‘rang jamoasidagi ustozlar, sizlardan bir narsa haqida so‘ramoqchi edim, izlash xizmatidan qidirib topa olmadim. Savolim shuki, bilamizki 4 rak’atli farz namozida 3-rak’atida zam sura o‘qilmaydi, lekin “4-rakatda o‘qiladimi yoki yo‘qmi” degan savol meni qiynayapti. Shunga oydinlik kiritib bersangizlar. Alloh sizdan ham bizdan ham rozi bo‘lsin! Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalgi ikki rak’atdan keyingi rak’atlarda Fotihani ovozini chiqarmay qiroat qiladi.
Peshin, asr, shom va xufton namozlarining uchinchi va to‘rtinchi rak’atlarida faqat Fotiha surasi qiroat qilinadi.
عَنْ أَبِي قَتَادَةَ ، عَنِ النَّبِيِّ ، كَانَ يَقْرَأُ فِي الرَّكْعَتَيْنِ الْأُولَيَيْنِ مِنَ الظُّهْرِ وَالْعَصْرِ بِفَاتِحَةِ الْكِتَابِ وَسُورَتَيْنِ، وَفِي الْأُخْرَيَيْنِ بِفَاتِحَةِ الْكِتَابِ، وَيُسْمِعُنَا الْآيَةَ أَحْيَانًا، وَيُطِيلُ فِي الرَّكْعَةِ الْأُولَى مَا لَا يُطِيلُ فِي الثَّانِيَةِ، وَهَكَذَا فِي الصُّبْحِ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ.

Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam peshin va asrning avvalgi ikki rak’atida «Fotihatul Kitob» va ikki surani, keyingi ikkisida «Fotihatul Kitob»ni qiroat qilar edilar. Gohida bizga oyatni eshittirib qo‘yar edilar. Birinchi rak’atida (qiroatni) uzoq qilar, ikkinchisida qisqa qilar edilar. Bomdodda ham shunday qilar edilar».
Ikki shayx rivoyat qilishgan. (Kifoya). Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:12 | Савол-жавоблар | 162 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar