er ba xotinning vazifalari
Assalomu alaykum! mani 2 nafar farzandim bor. o‘zim uyda o‘tiraman. sizga beradigan savolim : har bir erkak o‘z ayoliga har oyda nafaqa berishi kk ekan. bu nafaqa qanday taqsimlanadi? yani: er topganining qancha qismi ayoliga nafaqa sifatida berilishi kk? javobingiz uchun oldindan rahmat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Erga xotini uchun vojib nafaqalar besh qismdir:1. Taom.Bunga oziq-ovqat, ichimlik va ovqatga qo‘shib eyiladigan narsalar (sirka, yog‘ va shunga o‘xshash) hamda ovqat pishirish uchun ketadigan barcha narsalar kiradi. Taomning miqdori etarli bo‘lishi kerak, mazkur miqdor erning boy-kambag‘alligiga qarab belgilanadi.2. Kiyim.Etarli darajada, bir sidra kiyim-bosh doimo bo‘lishi kerak. Hanafiy va Shofe’iy mazhablarida «Har olti oyda bir sidra yangi kiyim olib beriladi», deyilgan.3. Maskan.Er o‘z xotinini maskan bilan ta’minlashi vojib. Maskan erning moliyaviy imkoniyati darajasida bo‘ladi. Shu bilan birga, maskan to‘liq jihozlangan bo‘lishi shart. Unda yashash uchun kerakli har bir narsa bo‘lishi lozim.4. Agar xotin xizmatkor ishlatib yuradigan toifadan bo‘lsa, xizmatkor solib berish ham uning nafaqasiga kiradi.5. Tozalik asbob-anjomlari va uyning kerakli matohlari.Agar er moli bo‘la turib nafaqa bermasa, qozi uni qamashga hukm chiqaradi. Xotin talab qilsa, boshqa mulklari sotilib, uning nafaqasi beriladi. Er noilojlikdan nafaqa bera olmasa qamalmaydi.
27 Май 2022, 04:02 | Савол-жавоблар | 159 | Oila va turmush